"Manchester Yunayted" yetakchisi bo‘lishi kutilgan hujumchi Markus Reshford yozda jamoadan ketadi. Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati uni sotishga tayyor.
Hujumchining amaldagi bitimi 2023 yilda yakun topadi va yozda sotilmasa, u holda klub uni keyingi yili tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.
24 yoshli futbolchi uchun eng asosiy da’vogar "Arsenal" sanaladi. To‘pchilar Reshfordni Lyakazett o‘rniga olib kelishi aytilgan.