Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: “Manchester Siti”dan qulayroq joyni tasavvur ham qila olmayman"

Gvardiola: “Manchester Siti”dan qulayroq joyni tasavvur ham qila olmayman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlarga "shaharliklar" lagerida bo‘lganidan xursand ekanligini aytdi. Ispaniyalik murabbiy «Manchester Siti»dan ko‘ra qulayroq joyni tasavvur qila olmasligini ta’kidladi.

“Men “Manchester Siti”da juda baxtliman. Men hozirgidan yaxshiroq joyda bo‘lolmayman. “Manchester Siti”dan qulayroq joyni tasavvur ham qila olmayman” - dedi Gvardiola “Lids”ga qarshi APL o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiolaga Braziliya terma jamoasidan taklif tushayotgani haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik mutaxassisning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 22:51, 29.04.2022.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик