Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Arauxo: "Xavi men uchun muhim inson"

Arauxo: "Xavi men uchun muhim inson"

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan amaldagi shartnomani uzaytirgan Ronald Arauxo o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ishonchim komilki, keyingi mavsum "Barselona" uchun chiroyli mavsum bo‘ladi. Men xali yoshman. O‘rganishim va rivojlantirishim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Lekin biz bir nechta narsalarni payqab, ularni yaxshilashga harakat qilganimizdan xursandman. Gap nafaqat menda, balki barcha futbolchilarda.

- "El klasiko"da o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynash?

- Men bundan xotirjam edim va nima qilishni bilardim. Men ham himoyaga e’tibor qaratishim va hujumni ham qo‘llab-quvvatlashim hamda gol urishim kerak edi. Men havo janglarini va baland to‘plarda g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman. Bu jamoa uchun muhim.

Xavi men uchun muhim inson. U doim men bilan bir qancha mavzularda gaplashadi. Shuningdek, jamoa sardori Buskets bilan ham. Men barcha jamoadoshlarim va texnik xodimlardan mamnunman.

O‘tgan mavsum biz uchun og‘ir bo‘ldi, ammo asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritganimdan xursand bo‘ldim. Bu ko‘proq o‘rganish va oldinga siljish uchun imkoniyatdir. Bu esa bu mavsumda o‘ynashimga katta yordam berdi.

- "Barselona" tarkibidagi debyut uchrashuvingizda qizil kartochka?

- "Barselona" bilan birinchi o‘yiningizda qizil kartochka olganingizda ham ajoyib xotira bo‘lib qoladi. Bu mening quvonchimni buzishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. Kelganimdan beri ko‘p narsalarni o‘rgandim. O‘ylaymanki, biz o‘tgan yillardagi "Barselona"ning uslubini sog‘indik. Biz qattiq ishlayapmiz va tahlil qilmoqdamiz. Biz yaxshilanmoqdamiz.

Bu men uchun baxtli kun. Men xar doim bu dunyoning eng yaxshi jamoasi ekanligini aytganman. Ota-onam Urugvaydan. Mening birodarlarim ham. Mening katta oilam bor. Biz bu yerga kelish uchun qanday qurbonlik qilganimizni bilamiz. Menda bor narsa uchun oilamdan minnatdorman.

Asosiy tarkibda o‘ynash oson emas. Lekin men buning uchun minnatdorman va men juda ko‘p o‘yin o‘ynaganman. Bu yangilanish men uchun muhim. Men "Barselona"da qolish niyatimni aniq bildim, shuning uchun so‘nggi paytlarda o‘zimni xotirjam tutdim. Biz jamoaning ahvolini bilamiz, lekin ketish haqida hech o‘ylamaganman.

"El Klasiko"da "Real"ga urgan golim men uchun alohida bo‘lib qoladi. O‘sha bahsda g‘alaba qozonish muhim edi. La Liga doirasida "El Klasiko" o‘ynash o‘zgacha" - dedi Arauxo shartnomani uzaytirganidan so‘ng.

Kiritildi: 23:44, 29.04.2022.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.