Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Predrag Rogan: «Futbolchilar o‘yinidan qoniqdim, natijadan esa yo‘q. «Neftchi»ni yutishimiz kerak edi»

Predrag Rogan: «Futbolchilar o‘yinidan qoniqdim, natijadan esa yo‘q. «Neftchi»ni yutishimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» (1:1) o‘yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Predrag Rogan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinchilarim bilan faxrlanaman, ular g‘alabaga erishish uchun maydonda borlarini berishdi. Dastlabki 15 daqiqada o‘zimiz istagandek to‘p sura olmagandirmiz, o‘sha vaqtda biz xatolarga yo‘l qo‘ydik va ular uzoq masofadan gol kiritishdi. Qolgan 75 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, ammo g‘alaba golini kirita olmadik. Raqib esa bu vaqtda deyarli vaziyat yarata olmadi. Ertaga yangi kun, ishlashda davom etamiz. 4 kundan keyin «Olimpik» bilan bahs. Endi shu o‘yin haqida o‘ylaymiz.

- Demak, jamoa o‘yinidan qoniqdingiz, natijadan esa yo‘q. Ya’ni ikki ochko yo‘qotildi, shundaymi?

- Xuddi shunday, natijadan qoniqmadim. Biz uyda to‘p surdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritishni istagandik. Ketma-ket ikki uy uchrashuvda g‘alaba qozonish qiyin. Ko‘rayapsiz, Yevgeniy Chumak o‘tgan bahsda jarohat olib, safdan chiqdi, Saydullo Rahmatovda ham, Islom Sharipovda ham jarohat bor. Zaxira tarkibimizda asosan o‘rinbosarlar jamoasidan futbolchilar bor edi.

Fursatdan foydalanib, muxlislarga qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Biz birgalikda ko‘p narsaga qodirmiz, - dedi Predrag Rogan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 00:03, 01.05.2022.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик