Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf". O‘zaro o‘yinlar tarixidan

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf". O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superliga 6-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Nasaf” uchrashuvi 2 may kuni Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 26 marta to‘qnash kelishgan.
“Nasaf” o‘yinlarning 17 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda vakillarimiz qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 48-26, “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 55 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda o‘tkazgan so‘nggi olti uchrashuv natijalari bilan tanishing

28.06.2021. "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 1-2
14.07.2020. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 2:2
27.08.2019. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:0
13.09.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:1
21.04.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 0:0
04.03.2017. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:2

Hakamlar

O‘zPFL Coca Cola superligasining 6-turida ishlaydigan rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradigan bo‘ldi.
Lutfullin o‘tgan mavsumda jamoamiz ishtirokidagi ikkita bahsni boshqarib borgan va u o‘yinlarda biz g‘alaba qozona olmaganmiz. Superliganing 3-turidan o‘rin olgan va Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Surxonga qarshi bahs 1-1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan. 8-turdan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda esa jamoamiz 3-0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Umid qilamizki bu mavsumda Rustam Lutfullin boshqargan bahslar bizga omad olib keladi.

QO‘QON-1912 – NASAF
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, G‘ayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Boshlanish vaqtlari

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 2-may dushanba kuni, soat 18:30 da boshlanadi. Uchrashuv Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari esa 3 may kuni Qo‘qondagi “markaziy” stadionida o‘zaro bellashadilar.

Kiritildi: 14:16, 01.05.2022.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.