Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Marokash umidi – besh bahodir

Marokash umidi – besh bahodir

Baho:
+ | -

Bemalol aytish mumkin: JCH-2022 final raundiga qur’a tashlash jarayonida omad Marokash milliy jamoasidan yuz o‘girdi.

Bemalol aytish mumkin: JCH-2022 final raundiga qur’a tashlash jarayonida omad Marokash milliy jamoasidan yuz o‘girdi. Har holda, Afrika vakili Xorvatiya, Belgiya va Kanada termalari qatori «F» kvartetidan joy oldi. Qarang, xorvatlar oxirgi JCHda finalgacha yetib borishdi, belgiyaliklar anchadan buyon FIFA reytingining yuqori pog‘onalaridan tushishmayapti, Kanada futboli esa hozirda ayni ko‘tarilish pallasida. Xokkey vatani futbolchilari KONKAKAF hududidagi saralash guruhida bejiz 1-o‘rinni egallashmadi. Lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar, marokashliklar Qatar mundialini o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyatda kutishmoqda - «Atlas Layons» tarkibida umid uyg‘otuvchi 5 nafar iqtidor bor. Aytish o‘rinli, Marokash milliy jamoasi bunga qadar JCHda 5 marta ishtirok etgan, eng yaxshi natijasi esa Meksika-86 turnirida kuzatilgan. O‘shanda AFK vakili guruh bosqichida Angliya, Polsha va Portugaliya termalariga qarshi o‘ynab, 1-o‘rin orqali 1/8 finalga chiqqandi. Marokashlik muxlislar xulosalariga ko‘ra, bosh murabbiy Vohid Xalilxojich ixtiyoridagi iqtidorli yigitlar Meksika maydonlarida namoyish etilgan o‘sha jasoratni takrorlashga qodirlar. Xo‘sh, ular kimlarni nazarda tutishmoqda?

- Porloq kelajakka da’vo qilayotgan besh yigit Marokash milliy jamoasi va uning muxlislariga Qatar mundialida yaxshi qatnashish umidini bermoqda. 

- Iqtidorlardan 2 nafari «Barselona»dan qo‘nim topgani e’tiborga molik. 

- Marokash milliy jamoa­si bosh murabbiyi Vohid Xalilxojich shu besh yigitdan biri bilan klub miqyosida ham hamkorlik qilgan.

Azzadin UNAXI (22 yosh). Alohida iqtidor sohibi. Azzadin Kasablanka shahrida joylashgan «Muhammad V» stadionida Kongo DR termasiga qarshi kechgan o‘yinda «dubl» qayd etish asnosida muxlisu mutaxassislar mehrini qozondi. Aynan shu gollari marokashliklarning JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlariga shubha qoldirmadi. Kasablankada tug‘ilib-ulg‘aygan futbolchi ayni payt Fransiyaning «Anje» klubi ixtiyorida. Unaxi ayniqsa, to‘pni egallaganida o‘ta xavfli. Chunonchi, hujum chizig‘iga keskin uzatma amalga oshirishni yaxshi o‘zlashtirgan. Zarbalari ham chakki emas. Shu ikki fazilat yoniga olis masofadan darvozani aniq nishonga olish qobiliyatini qo‘shsak, marokashliklar nima uchun bu yigitdan ko‘p narsa kutishayotgani oydinlashadi.

Abdusamad EZZALZULI (20 yosh). Marokashlik o‘ta noyob iqtidorlardan yana biri. «Barselona» futbolchisining JCH final raundida o‘z so‘zini baralla aytishi taxmin qilinmoqda. Katta umid uyg‘otayotgan bu yigit hozircha «Atlas La­yons»da debyut qilganicha yo‘q. To‘g‘ri, Abdusamad o‘tgan oy saralashning «pley-off» raundi 2ta o‘yinida ham Vohid Xalilxojich ro‘yxatidan joy oldi. Demak, u jamoaga yaqin. Ezzalzuli qanotda yuqori tezlik bilan raqiblarini aldab o‘tish bobidagi mahorati bilan ko‘pchilik e’tiborini qozondi. U shuning barobarida jismonan baquvvat yigit, har ikki qanotda birdek samarali harakatlanadi. Abdusamad Kataloniya grandi tizimida rivojlanish jarayonini davom ettira olsa, mundialga qadar milliy jamoaning yetakchi o‘yinchilari qatoriga kirishi ham hech gap emas.

Chadi RIYOD (18 yosh). «Bar-selona» tizimidagi marokashlik yosh himoyachi ayni payt yevropalik tengqurlarining eng sara guruhida bormoqda. Mukammal jismoniy ko‘rsatkichga ega Chadi muntazam ravishda o‘z mahoratiga sayqal berish bilan mashg‘ul. O‘smirlar va yoshlar toifasida Marokash sharafini himoya qilishga ulgurgan Riyod endi bosh jamoada porlash ishqida yonmoqda. Ha, Vohid Xalilxojich Qatar-2022da katta ehtimolki, Romen Sais va Nayif Agerdga ishonch bildiradi, Chadi esa bemalol zaxira kuchi vazifasini bajarishi mumkin.

Imron LUZA (22 yosh). Bu yigit o‘ta qisqa vaqt ichida Vohid Xalilxojichning yuqori talablariga moslashib, milliy jamoa yetakchilari qatoriga bosh suqdi. Umuman olganda, bosniyalik mutaxassis Imronni Fransiyaning «Nant» klubidagi hamkorlik davridayoq yaxshi bilib olgandi. Universal sanalgan Luza jismoniy quvvati evaziga hujum va himoyada birdek samarali to‘p surish salohiyatiga ega. «Uotford» yarim himoyachisi yuksak saviyadagi o‘yin­lari bilan butun Marokashni to‘lqinlantirib yubormoqda. Bordiyu, Imron bo‘lajak JCHda mamlakat milliy jamoasida yetakchilikni qo‘lga ololmasa, bu noxush «syurpriz» sifatida baholansa kerak.

Zakariya ABUHLAL (22 yosh). Vohid Xalilxojichning doimiy ishonchida yurgan va buni to‘liq oqlayotgan o‘yinchilardan biri. Murabbiy uni yanvar oyida o‘tkazilgan Afrika Millatlar kubogi turnirida to‘liq o‘ynatdi, yigitcha ham chakki taassurot qoldirmadi. Niderlandiyaning AZ (Alkmaar) klubi hisobotiga ko‘ra, Zakariya har doim raqib darvozasi oldida hoziru-nozir turadigan, cheklangan hududda ham effektli harakatlanadigan tug‘ma qobiliyatli hujumchi. Abuhlal yana charchash nimaligini bilmaydi, hattoki, orqaga qaytib, himoya chizig‘iga yordam beradi, to‘psiz qolgan pallada raqiblarga pressing qo‘llaydi. Zakariya ham boshqa jamoadoshlari kabi nimalarga qodirligini namoyish etish onlarini intizorlik bilan kutayotganiga shubha yo‘q.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:00, 01.05.2022.
O'qildi: 4213 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.