Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Rayo Valyekano” klubi “Real Sosyedad” bilan durang o‘ynadi (1:1).
Hujumchi Radamel Falkaoning aniq zarbasi mezbonlarga durang keltirdi.
Kolumbiyalik futbolchi zaxiradan maydonga tushganidan 56 soniya o‘tib gol urdi. Shu tariqa, u Ispaniya chempionatida joriy mavsum rekordini o‘rnatdi.
Umuman olganda, joriy mavsumda 36 yoshli hujumchi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.