Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

«Qumqo‘rg‘on-1977» muxlislar tashrif bo‘yicha Birinchi liga yetakchisiga aylanmoqchi

«Qumqo‘rg‘on-1977» muxlislar tashrif bo‘yicha Birinchi liga yetakchisiga aylanmoqchi

Baho:
+1 | -

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanining «Qumqo‘rg‘on» jamoasi joriy mavsumda o‘z tarixida ilk marta Birinchi liga musobaqasida ishtirok etmoqda. Jamoa stadioni mavsum avvalida sha’y holat bo‘lmagani uchun klub dastlabki 3ta o‘yinni safarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. 4-turdan o‘rin olgan o‘yin esa qumqo‘rg‘onlik muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylandi.



Toshkent shahrining "Do‘stlik" klubiga qarshi o‘yinni tomosha qilish uchun, Ramazon oyi bo‘lishiga qaramay, stadionga 4-5 ming atrofida ishqiboz tashrif buyurdi. Uchrashuv komissari Ongar Jalimov esa qaydnomaga 3200 nafar muxlisni qayd etgan. Ammo guvohlarning aytishicha, stadionga kelgan tomoshabinlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lgan.



«Qumqo‘rg‘on» klub mutasaddilari muxlislarning stadionga kelishlari uchun ko‘p ishlarni amalga oshirishdi. Ular chekka-chekka qishloqlargacha borib, tashviqot ishlarini olib borishdi, aholi gavjum joylarga reklama bannerlarini ilishdi. Bu esa o‘z samarasini bera boshladi. Klub rahbariyati jamoaning navbatdagi uy uchrashuvlarida muxlislar sonini 10 mingga olib chiqishni niyat qilishgan.





Albatta, bu ishlarga Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Rahmatulla Gaffarov bosh-qosh bo‘lmoqda. Futbolning ashaddiy muxlisi hisoblangan ushbu rahbar «Qumqo‘rg‘on»ni rivojlantirib, jamoani keyingi mavsumlarda Pro ligaga olib chiqishni maqsad qilgan.



«Qumqo‘rg‘on-1977» Birinchi liganing dastlabki 4ta o‘yinidan keyin 1 g‘alaba va 3 durangga erishgan holda 6 ochko bilan 16 jamoa orasida 6-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:41, 03.05.2022.
O'qildi: 4124 marta.
Fikrlar: 73 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик