Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Bu masalaga 12 may kuni oydinlik kiritiladigan bo‘ldi

Bu masalaga 12 may kuni oydinlik kiritiladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasidagi eng ashaddiy to‘qnashuvlardan biri shubhasiz «Arsenal» hamda «Tottenxem» kurashidir. Har ikki jamoa bu mavsumda ancha qiyinchiliklarga duch keldi. Shunga qaramay, APLning to‘rtinchi o‘rini, u orqali esa YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish aynan mana shu juftlik o‘rtasida hal bo‘ladi. Ular so‘nggi turda g‘alabalar qayd etdi va bu orqali o‘z imkoniyatlarini saqlav qoldi. Xususan, «shporlar» «Lester» ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa (Keyndan gol va Sondan dubl), «Arsenal» mehmonda «Vest Xem»ni taslim etib qaytdi (1-2). Bu natija hammasi 12 may kuni, shimoliy London derbisida hal bo‘lishini anglatadi.

Har ikki tomonning joriy tarkibiga qaraydigan bo‘lsak, bu raqiblar bir-biriga qanchalik mos tushishini anglab olishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan, jamoalar futbolchilaridan ramziy terma jamoa tuzilgudek bo‘lsa, xatto darvozabonlar chizig‘ida ham o‘ziga xos raqobat yuzaga keladi. Bunga Aaron Ramzdeylning o‘z debyut mavsumidayoq porlashi, Yugo Lyoris esa katta massaga ega futbolchi bo‘lishiga qaramay, mavsum davomidagi qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘ladi. Mikel Arteta o‘tgan mavsum boshida qanot himoyasi uchun Takexiro Tomiyasuni olib keldi. Yaponiyalik esa yaxshi sport formasida ekanida, kuchli o‘yin ko‘rsata oldi. Uning Bukayo Saka bilan bog‘lanishi tez va samarali kechdi. Qolaversa, Granit Jaka o‘zining eski holiga qaytdi va Martin Edegor bilan maydon markazini muvozanatli ravishda ushlab turishga yordam bermoqda.

«Tottenxem» tarkibini nisbatan yulduzliroq deb atasak xato qilmasak kerak. Haqiqatdan ham unda dunyo yaxshiroq taniydigan nomlar ko‘p. Qolaversa, «shporlar» qishda Kulushevski hamda Bentankurni olib kelib, ulardan unumli foydalanib kelmoqda. Old chiziqqa hech bir shubhasiz Harri Keyn, Son hamda Bukayo Saka triosi mos kelgan bo‘lardi. Xususan, Son va Saka joriy mavsumda eng yaxshi natijaga erishayotgan hujumchilardir. Keyn esa odatdagidek gollar urmayotgan bo‘lsada, baribir jahon darajasidagi futbolchi bo‘lib qolaveradi. «Arsenal» safida esa unga teng keladigan nom hali mavjud emas. Keyn Angliya terma jamoasi sardoridir. U bu mavsumda o‘zining pleymeykerlik mahoratini ham namoyish eta oldi (8 ta assist).

«Arsenal» va «Tottenxem»ni ikki ochko ajratib turibdi. Ular o‘zaro to‘qnashuvga qadar yana bir turda ishtirok etishlari kerak. Unda to‘pchilar «Lids»ni mehmon qilsa, «Tottenxem» «Liverpul» maydoniga safar qiladi. Ushbu o‘yinlar natijasi ham o‘ta muhim va derbidagi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayni damda esa 34 ta o‘yindan keyin «Tottenxem»da 61 ochko mavjud. «Arsenal» esa 63 ochkoga ega...

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:43, 03.05.2022.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.