«Barselona» yarim himoyachi Gavi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Gavi «Barselona» safini tark etishni istamayapti. U klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Gavining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Ispaniya matbuoti muntazam ravishda «Chelsi» va «Bavariya» yosh yarim himoyachini qo‘lga kiritishni istashini yozmoqda.