Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jonatan Vudgeyt "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvi (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Buni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi. Qanday o‘yin-a! Ehtimol, bu men ko‘rgan eng yaxshi o‘yindir. "Real" va "Siti" ajoyib o‘yin namoyish etishdi", - deya fikr bildirdi Vudgeyt BBC nashriga.
Qayd etish joiz, "Real"ning finaldagi raqibi "Liverpul" bo‘ladi. Bahs 28 may kuni Parijdagi "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi.