Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Jamshid Boltaboyev: “Bo‘lajak bahs keskin kurashlar ostida kechadi”

Jamshid Boltaboyev: “Bo‘lajak bahs keskin kurashlar ostida kechadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 25 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Boltaboyev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"So‘zim avvalida yurtimizdagi barcha muxlislarni yaqinda nishonlangan Ramazon hayiti bilan tabriklayman va ularning muqaddas oydagi ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilayman.

Bo‘lajak uchrashuv borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, har ikki jamoa 10 ochkodan to‘plagan. Shu bois, juma oqshomidagi o‘yin turnir jadvalida qo‘shni bo‘lgan klublar o‘rtasidagi 7-turning markaziy uchrashuvi bo‘ladi. Shuning uchun toshkentliklarga qarshi kechadigan bahsning qiziqarli, shiddatli, keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori.          

Xudoga shukr, o‘tgan turda safarda Superliga turnir jadvali peshqadami “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik hamda ayni paytda kayfiyatimiz a’lo darajada.

Bo‘lajak o‘yinda “Bunyodkor” ustidan ham g‘alaba qozonish ishtiyoqida maydonga tushamiz.

Jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov tashabbuslari bilan muxlislarga qulaylik yaratish, qolaversa, Ramazon hayiti munosabati bilan    “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuviga kirish bepul qilib belgilandi.

Umid qilamanki, ishqibozlar ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda,     stadionni to‘ldirib, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga madadkor bo‘lishadi.

Bo‘lajak o‘yinda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga yarasha maydonda munosib to‘p tepib, ularga quvonch ulashishga intilamiz hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Fursatdan foydalanib,biz - futbolchilarga barcha qulayliklarni yaratib berayotgan  Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov hamda klub prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman va buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi Boltaboyev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:36, 05.05.2022.
O'qildi: 1485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик