"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik APLda "Brayton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) xafa bo‘lganini aytdi.
“Biz juda dahshatli o‘ynadik. Birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha hammasi yaxshi bajarilmadi. Biz bunday o‘yin va bunday kamsituvchi natija uchun faqat uzr so‘rashimiz mumkin", - dedi Rangnik Sky Sports nashriga o‘yindan keyin bergan intervyusida.
"Oxirgi o‘yinda "Brentford"ga qarshi hammasi butunlay boshqacha edi va bugun biz raqibga juda ko‘p vaqt va joy berdik. Biz ularni to‘xtata olmadik.
Jamoa o‘yin rejasini e’tiborsiz qoldirdi deb o‘ylamayman, lekin biz shunchaki raqibga qarshilik qila olmadik. "Brayton"dek texnik jihatdan iqtidorli jamoaga qarshi shunday o‘ynasangiz, jazolanasiz", - dedi mutaxassis.