Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

O‘g‘lining qadriyatlarini hurmat qilgan Trossard

O‘g‘lining qadriyatlarini hurmat qilgan Trossard

Baho:
+ | -

«Brayton»ning belgiyalik futbolchisi Leandro Trossard Premyer-ligadagi so‘nggi 4 ta o‘yinda 3 ta gol urdi, ammo gol urganidan keyin uning harakatlari nimani anglatadi?

U jurnalistlarga o‘zining mashhur gol nishonlashi haqida gapirib berdi va bu g‘oyani o‘g‘li va uning sevimli multfilmlariga bog‘ladi! Belgiyalik futbolchi so‘nggi haftalarda ajoyib sport formasida bo‘lib, ketma-ket uchta mehmondagi bahslarda gol urdi. Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda umumiy 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, bu uning Premyer-ligaga o‘tganidan keyingi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

 

Uning "Arsenal", "Tottenxem" va "Vulvz"ga urgan gollari bayram paytida sodir bo‘lgan. Ya’ni qishdagi Boxing Dayda. Leandro yuzi bilan durbinga taqlid qiladi. Jurnalistlar ushbu holat haqida so‘rashdi va Leandro shunday javob berdi:

Boxing Dayda "Brentford"ga qarshi o‘yinda gol urgan paytim birinchi marta uni shunday harakatlar bilan ishonlaganman. O‘sha kuni gol urishimni his qilgandim. 

O‘sha kuni ertalab men kichkina o‘g‘limdan golni qanday nishonlashimni so‘radim? U tez o‘yladi, keyin shunchaki menga qaradi va durbinga taqlid qilib, qo‘llarini yuziga ko‘tardi, shundan so‘ng men shunday qilaman, deb va’da berdim. Men bu bilan ushbu bayramni qo‘llab-quvvatlayman va golimni o‘g‘limga bag‘ishlayman.

O‘yindan keyin uyga qaytganimda bu unga yoqadi. U har doim o‘z harakatlarini takrorlash uchun men tomon yuguradi va men uning ortidan buni takrorlayman. Bu ancha yoqimli holat, bizning umumiy xususiyatimizdir, men buni butun stadion bilan baham ko‘rishni xohlayman", - deydi futbolchi.

Trossard o‘g‘li bilan

“U buni qayerdan o‘ylab topganini hali ham bilmayman, lekin menimcha, u multfilm yoki internetda shunga o‘xshash narsani ko‘rgan bo‘lsa kerak. Va u mendan buni qilishni so‘raganida, men darhol qaror qildim, chunki men uni xursand qilishni xohlayman va men xuddi shu ruhda davom etaman", - deydi futbolchi. Trossardning ajoyib formasi jamoasining aprel oyidagi ajoyib o‘yiniga to‘g‘ri keldi, bu oyda Grem Potter jamoasi faqat birgina mag‘lubiyatga uchradi xolos - «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda.

Bunday yutuq "chaykalar"ga Premyer-ligada o‘zlari uchun rekord miqdordagi ochko to‘plashga yordam berdi (allaqachon 44!) "Ayni damda o‘z o‘yinim menga yoqadi. Gol urish har doim yoqimli va ular jamoaga ochko olishda yordam bergani meni yanada quvontiradi. Men o‘zimni ajoyib his qilaman va umuman, butun jamoa kabi. Umid qilamanki, biz mavsumni muvaffaqiyatli yakunlaymiz: bizda uchta o‘yin bor va imkon qadar ko‘proq ochko olishni istaymiz. Umid qilamanki, siz meni bu mavsumda yana bir necha marta gol nishonlayotganimni ko‘rasiz!”, - deydi Trossard.

Kiritildi: 20:30, 08.05.2022.
O'qildi: 2029 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.