Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

“CHelsi”ning sotilishidan Abramovich qancha pul oladi?

“CHelsi”ning sotilishidan Abramovich qancha pul oladi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" rasman yangi egalarini topdi - amerikalik Todd Bouli Mark Valter va shveysariyalik milliarder Xansyorg Viss bilan birgalikda klubni sotib olish uchun tanlovda g‘olib chiqdi.

Shartnoma rasmiy ravishda 31 maygacha yopiladi, ammo Bouli allaqachon stadionga tashrif buyurishga ulgurdi.



"Chelsi" qanchaga sotiladi?

Xabar qilinishicha, 4,25 milliard funt sterling ikki qismga bo‘linadi.

Birinchisi, klub uchun 2,5 milliard funt sterling. Bu summa Abramovichning emas (Buyuk Britaniya uning bir tiyin olmasligiga ishonch hosil qilgan), balki hukumatning bank hisobiga tushadi.

Ikkinchisi - 1,75 milliard funt - klubga kiritilgan sarmoya. Pul “Stemford Bridj”, akademiya, ayollar jamoasini rekonstruksiya qilish va “Chelsi” jamg‘armasini keyingi moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Abramovich oldidagi qarz haqida nima deyish mumkin?

Times avvalroq "Chelsi" Buyuk Britaniya hukumati va savdo ishtirokchilarini kelishuv shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida xabardor qilganini ta’kidlagan edi. Klub uchun mablag‘ning bir qismi Fordstam LTD (“Chelsi asoschisi”)ning Camberley International Investments
oldidagi 1,6 milliard funt sterling miqdoridagi qarzini to‘lash uchun sarflanishi taxmin qilingan edi. Uning Abramovich bilan aniq aloqasi bormi, yo‘qmi noma’lum. Bunday ssenariy hukumatni ogohlikka chorladi. Rossiyalik biznesmen shu tariqa klubni sotishdan hech bo‘lmaganda biroz mablag‘ olishni xohlayotganidan qo‘rqishdi.

Keyinchalik The Times bitimning quyidagi shartlari bo‘yicha kelishib olganliklarini yozdi:

2,5 milliard funt sterling hukumat hisobiga o‘tkaziladi va muzlatiladi;

1 milliard funt sterling darhol xayriyaga o‘tkaziladi;

Qolgan summa Camberley International Investments va Abramovich o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligi aniqlanmaguncha muzlatiladi.

Shundan so‘ng rossiyalik tadbirkorning vakili “Abramovich bu mablag‘larga ega chiqish huquqiga ega emas va ular ustidan nazorati yo‘q va klub sotilgandan keyin ham bo‘lmaydi”, deb ta’kidladi.

Xo‘sh, “Chelsi"ning yangi xo‘jayini kim?

Todd Bouli. Amerikalik milliarder

Boyligi 4,72 milliard dollarga baholanmoqda

Bouli Qo‘shma Shtatlarda tahsil oldi va Citibank'ning London bo‘limida amaliyot o‘tadi va u yerda bir vaqtning o‘zida London Iqtisodiyot maktabida ta’lim oldi. U Credit Suisse First Boston'da moliyaviy sektorda tajriba to‘plashni davom ettirdi va u yerdan Guggenhem Partners  kompaniyasiga ko‘chib o‘tdi. Bouli kompaniya prezidenti bo‘lgunga qadar aktivlarni boshqarish sohasida ishlagan.

Bouli 2019 yilda "Chelsi"ni sotib olishga urinib ko‘rgan edi, ammo keyin unga rad javobi berildi. Bloomberg agentligining futbol klubini boshqarishning katta xarajatlari haqidagi savoliga u shunday javob berdi: “Sifatli narsani sotib olish qiyin. Shunda savol tug‘iladi: siz ushbu narxda olgan narsangizni rivojlantirishni davom ettira olasizmi? Men eng yaxshisi uchun global imkoniyatlar mavjudligiga ishonishda davom etaman”.

Amerikalik biznesmen muxlislar haqida ko‘p gapiradi (sportning muhim qismi, shuning uchun siz ularga e’tibor qaratishingiz kerak), Amerika bozoriga kirish (rivojlanish uchun ko‘plab imkoniyatlar bor) va “Stemford Bridj”ni rekonstruksiya qilish. Boulining fikricha, yangi arena qurilishida amerikacha yondashuvni qo‘llashi kerak: tarixan Angliyadagi stadionlar juda ko‘rkam, ammo ularni “hayot tarzi”ga aylantirish kerak.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 21:01, 09.05.2022.
O'qildi: 10045 marta.
Fikrlar: 58 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.