“Borussiya D” hujumchisi Erling Xoland “Manchester Siti” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar bermoqda taniqli insayder Fabrisio Romano.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” Xoland transferini shu haftada rasman e’lon qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, forvardning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi. Shartnomaga ko‘ra 21 yoshli hujumchi haftasiga 375 ming funt maosh oladi.