Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Manchester Siti" Xoland uchun qancha sarflashi ma’lum

"Manchester Siti" Xoland uchun qancha sarflashi ma’lum

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning transferi uchun 213 million funt sarflamoqchi, deya xabar beradi The Telegraph.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 21 yoshli norvegiyalikni "Borussiya"dan shartnomada ko‘rsatilgan 64 million funt sterlingga sotib olish bandini faollashtiradi.

Qayd etilishicha, hujumchi "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzolab, 107 million funt ishlab topadi.

Shu bilan birga, Xoland vakillari va agentlari 42 million funtgacha pul olishadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may kuni Dortmund klubi ruxsati bilan Xoland shaharlik shifokorlar ishtirokida Bryusselda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi. U "Borussiya"ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishi va Bundesliganing so‘nggi turida "Gerta"ga qarshi o‘yinda qatnashishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Xoland “Borussiya” safida 29 ta o‘yinda 28 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:11, 10.05.2022.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик