Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superliga. «Dinamo» - «Navbahor»: 49-to‘qnashuv prevyusi

Superliga. «Dinamo» - «Navbahor»: 49-to‘qnashuv prevyusi

Baho:
+ | -

Superliga 8-turining e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda «Dinamo» va «Navbahor» o‘rtasida kechadi. Shiddat va’da qilayotgan qarama-qarshilik oldidan o‘yin prevyusini taqdim etamiz.

«Dinamo» so‘nggi 5 o‘yinda 1 marta mag‘lub bo‘ldi, «Navbahor»da 2 mag‘lubiyat
Samarqand va Namangan klublari ayni damda turnir jadvalida ikki xil holatda. «Navbahor» 13 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Dinamo» 8-tur boshlangach hozircha 11-o‘rinda bormoqda.

«Dinamo»ning so‘nggi 5 turdagi o‘yinlari:
3-tur. «Dinamo» – «Qizilqum» – 0:0
4-tur. «Bunyodkor» – «Dinamo» – 2:1
5-tur. «Dinamo» – «Lokomotiv» – 3:1
6-tur. «Dinamo» – «Neftchi» – 1:1
7-tur. «Olimpik» – «Dinamo» – 1:1

«Navbahor»ning so‘nggi 5 turdagi o‘yinlari:
3-tur. «Navbahor» – «Qo‘qon-1912» – 2:0
4-tur. «Paxtakor» – «Navbahor» – 1:0
5-tur. «Navbahor» – «So‘g‘diyona» – 1:2
6-tur. «Qizilqum» – «Navbahor» – 1:2
7-tur. «Navbahor» – «Bunyodkor» – 2:1

O‘zaro o‘yinlar tarixi: 49-to‘qnashuv
Samarqand va Namangan klublari hozirga qadar chempionat doirasida 48 marta o‘zaro to‘qnash kelib, 13 uchrashuvda «arslonlar», 26 bahsda esa «lochinlar» ustun kelgan, 9 o‘yinda esa tomonlar murosa yo‘lini tanlagan. To‘plar nisbati ham namanganliklar foydasiga – 85:43.

«Dinamo» va «Navbahor» o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda ko‘hna shaharliklar 48 ochkoga, vodiyliklar esa 87 ochkoga ega chiqqan. Jamoalar Superligada so‘nggi marta 2019 yilda o‘zaro to‘qnash kelib, Samarqandda 2:2, Namanganda esa 1:0 hisobida mezbonlar zafar quchgan.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 7 uchrashuv:
26.04.2019 «Dinamo» - «Navbahor» 2:2
31.03.2017 «Dinamo» - «Navbahor» 0:1
23.09.2015 «Dinamo» - «Navbahor» 2:1
21.06.2014 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0
31.05.2013 «Dinamo» - «Navbahor» 1:1
14.09.2012 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0
02.04.2011 «Dinamo» - «Navbahor» 0:1

Rekord yodingizdami?
2017 yilgi «Dinamo» – «Navbahor» (0:1) o‘rtasidagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvda Samarqandda rekord qayd etilgandi. O‘shanda «Dinamo» 3-turda «Paxtakor»ni safarda mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilgach, 4-turdagi «Dinamo» – «Navbahor» o‘yinida stadion o‘yin boshlanishiga 1 soat vaqt qolganda 14 mingdan ortiq muxlis bilan liq to‘lgan, o‘yingoh tashqarisida 5 mingdan ortiq muxlis qolib ketgandi. Bu Samarqanddagi yaqin 10 yillikdagi rekord tashrif sanaladi.

Eski-tanishlar
«Navbahor» safidagi Jamshid Iskanderov 2011 yil 17 yoshida aynan «Dinamo» safida Superligada debyutini o‘tkazgan. Shuningdek, Andrey Sidorov ham 2020 yilgi mavsum «Dinamo» sharafini himoya qilgan. «Dinamo» safidagi Abdujamol Isroilov esa 2019-2020 yillarda «Navbahor»da faoliyat yuritib, jiddiy jarohat olgach klubni tark etgan.

Kiritildi: 14:11, 11.05.2022.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.