Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Millatlar ligasining fantastik hujumchilari (top-8)

Millatlar ligasining fantastik hujumchilari (top-8)

Baho:
+ | -

Millatlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi start olishga yaqin turibdi. Bunda o‘tgan yilgi chempion Fransiya o‘z o‘rnini yo‘qotmaslikka harakat qiladi. Ammo boshqa terma jamoalar va ularning hujumchilari ham borki, bu o‘rinni istalgan vaqtda fransuzlardan tortib olishi mumkin. Quyida Yevropaning top terma jamoalarida harakat qiluvchi top hujumchilar nomi keltirilgan.

8. Ferran Torres

Torres Luis Enrikening Ispaniya terma jamoasida uzoq vaqt yarim himoyachi o‘rnida harakat qilib keldi. Ammo Alvaro Morataning yomon sport formasi sabab, u Ispaniyaning yangi 9 raqamiga aylanib oldi. Sobiq "Manchester Siti" futbolchisi ayni damda "Barselona" bilan. U La-ligani yonidirishni davom ettirmoqda.

7. Dushan Vlaxovich

"Yuventus"da anchayin cho‘kib qolgan futbolchi hali ham Yevropadagi eng kelajagi porloq va g‘ayratli yosh hujumchi sifatida qaraladi. Uning Serbiya terma jamoasiga jalb etilganiga hali unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ammo u atigi 14 ta o‘yinda 7 ta gol urishga erishdi. Vlaxovich Millatlar ligasida qaytadan porlashi mumkin.

6. Romelu Lukaku

Hujumchi mavsumni o‘ta yomon o‘tkazayotgani hech kimga sir emas. Bunday natija hujumchining shaxsiy standartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniq. Ammo u Belgiya terma jamoasida haqiqiy "yirtqich"ga aylanadi (bir paytlar "Inter"da ham shunday edi). "Chelsi" hujumchisi hisobida milliy terma jamoa miqyosida 35 ta gol mavjud. Bu borada ikkinchi o‘rinni Eden Azar egallab turibdi. Lukaku jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumnini yutish uchun jiddiy da’vogarlar qatorida e’tirof etiladi.

5. Erling Xoland

Endigina "Manchester Siti"ga transfer qilingan futbolchi, terma jamoa miqyosida ham yetakchi sanaladi. Norvegiya termasini yuqori o‘rinlarga olib chiqishda Xolandning xizmatlari katta bo‘lishi taxmin qilingan. Ular Millatlar ligasining A darajasiga ko‘tarilib olish uchun saviyali tarkib tuzishni boshladi. Bunda Martin Edegor va Kristofer Ayerlar Xolandga yaqindan yordam berishlari mumkin.

4. Krishtianu Ronaldu

Garchand Portugaliya terma jamoasi tarkibida kuchli hujumchilar ko‘p bo‘lsada, Ronaldu baribir asosiy rolda qolmoqda. Xalqaro futbolning barcha davrlardagi eng zo‘r to‘purari bu mavsum Millatlar ligasida o‘z rekordlarini yanada yaxshilab olish imkoniga ega bo‘ladi. Portugaliya o‘z guruhida Shveysariya, Chexiya hamda Ispaniya bilan bahs olib borishi belgilangan.

3. Xarri Keyn

Ayni damda Angliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun Keynga faqat 4 ta gol yetmayapti, xolos. Bu yozda esa mana shu "kamomad" to‘ldirilishi mumkin. "Uch Sherlar" sardori o‘tgan yilgi Yevropa chempionatida muhim ahamiyat kasb etgandi. Ehtimolki, Millatlar ligasining yangi mavsumi, u uchun ilk sovrin eshigini ochadi.

2. Robert Levandovski

Levandovski ham Polsha termasidagi natijalari bilan maqtana oladi.(129 ta o‘yinda 75 ta gol). Uning "Oltin to‘p"i "og‘irlab" olinganidan keyin, hujumchi yanada yaxshiroq bo‘ldi. Polshaga guruh bosqichida Belgiya, Niderlandiya hamda Uels raqiblik qiladi. Ko‘ramiz, "qizil-oqlar" guruhdan chiqa olarmikin...

1. Karim Benzema

Levandovskining "Oltin to‘p"ga bo‘lgan umidi so‘na boshlagan bir paytda, Karim o‘z natijalarini yuqoriga olib chiqa boshladi. Bu mavsumni qo‘ya turaylik, o‘tgan yilgi Millatlar ligasida Benzemaning nimalar qilganini hamma eslay olsa kerak. Uning qayd etgan natijalari bemalol bittadan ortiq "Oltin to‘p"ga yetgan bo‘lardi. YECHL finalida "Real" g‘alaba qozonsa, Benzema uchun yorqin lahzalar yanada yaqinlashadi.

Yuqoridagi futbolchilar Millatlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalarning eng yorqin yulduzlari edi. Siz-chi, siz bu borada nima deb o‘ylaysiz? Balki sizning tanlovingiz biznikidan farqlidir?

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:33, 12.05.2022.
O'qildi: 3369 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.