Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone “matraschilar” bilan shartnomasi yozda tugaydigan hujumchi Luis Suares haqida gapirdi.
“Suares uchun o‘tgan mavsum ajoyib bo‘ldi. U jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi va Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Hozir ham u eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Ertaga u maydonga tushadi va yana bir bor o‘zining professionalligini ko‘rsatadi”, - deydi Simeone.