Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Robert Levandovski «Bavariya»dan ketmoqchi ekanligini aytdi

Robert Levandovski «Bavariya»dan ketmoqchi ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasining so‘nggi, 34-turidan o‘rin olgan «Volfsburg»ga qarshi o‘yindan (2:2) keyin jamoadan ketish niyatida ekanligini aytdi.

"Bu ‘Bavariya’ libosidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lishi mumkin. 100 foiz ishonch bilan gapira olmayman, lekin shunday bo‘lishi mumkin. O‘zim va klub uchun yaxshi bo‘ladigan yechim topmoqchimiz",  dedi Robert Levandovski.

Shuningdek, «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamijich ham polshalik hujumchining jamoadan ketmoqchiligini ma’lum qildi.

«Robert bilan gaplashdim. U shartnomani uzaytirish haqidagi taklifimizni qabul qilmoqchi emasligini va klubni tark etishni istashini aytdi. Robert o‘zini yangi joyda sinab ko‘rmoqchi ekanligini bildirdi. Ammo bizning pozisiyamiz o‘zgarmaydi: uning shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga mo‘ljallangan. Bu fakt», — deydi Salihamijich.

Jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ham shunga o‘xshash fikr bildirdi.

«Bu, albatta, yo‘qotish bo‘ladi, lekin uning 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor».

Avvalroq «Bavariya» polshalik hujumchini 40 million yevroga sotishga tayyorligi xabar qilingandi. Levandovskining o‘zi esa «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi. Katalon klubi «Bavariya» hujumchisining agenti Pini Zahaviga Robert uchun 30—35 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Robert Levandovski 2014 yildan beri myunxenliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. Ungacha u «Borussiya D» sharafini himoya qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:58, 14.05.2022.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.