Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

AGMK — «Bunyodkor»: prevyu

AGMK — «Bunyodkor»: prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turi doirasida AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini mehmon qiladi.

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro barcha musobaqalardagi umumiy hisobda 36-uchrashuviga aylanadi. "Bunyodkor" va AGMK qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 9 marotaba jamoamiz g‘alabani tantana qilgan, 7 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasiga: 65-42.

Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida turlicha joylashishgan. AGMK 13 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Bunyodkor" 11 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinda bormoqda.

Superliganing 8-turidan so‘ng chempionatdagi ilk iste’fo bo‘lajak raqibimiz "Bunyodkor"da ruy berdi.

Jamoani boshqarib kelgan Shuhrat Maqsudov iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarish mas’uliyati Viktor Karpenko zimmasiga yuklatildi. Karpenko "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida ilk debyut o‘yinini aynan AGMKga qarshi bahsda o‘tkazadi.

Bo‘lajak uchrashuv 16 may kuni OKMK sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi.


Bahsni Asker Najafaliyev boshqarib boradi. Mazkur tayinlov Najafaliyev uchun AGMK ishtirokidagi 9-uchrashuvga aylanadi. Asker boshqargan o‘yinlarda jamoamiz 6 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, uchrashuvda VAR tizimidan foydalaniladi va unga mas’ul etib Elyor Tursunov tayinlangan.

Superliga, 9-tur.

16 may, dushanba

AGMK — «Bunyodkor» (19:00)

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistenti: Andrey Sapenko

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Manba: "АГМК" матбуот хизмати
Kiritildi: 13:10, 15.05.2022.
O'qildi: 1186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.