Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Lazarevich: "Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo‘ladi"

Lazarevich: "Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan keyin "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Nikola Lazarevich o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida:

- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. "Nasaf" kuchli jamoa, yaxshi shakllangan. Bugun ular o‘yin davomida ko‘proq ustunlikka ega bo‘lishdi. Bu jamoa o‘tgan mavsumda OFK kubogi finalida o‘ynagan, bu mavsumda OCHLda ishtirok etayapti. Ularga navbatdagi bosqichlarda omad tilayman. Ochig‘ini aytganda, "Navbahor" va "Nasaf" bilan o‘yinlarda biz juda kuchsiz ko‘rindik. Boshqa o‘yinlarda bunday xolat kuzatilmagandi.

Klubimiz rahbariyatida juda yaxshi insonlar faoliyat olib borishadi. Rahbariyat bizga yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan jamoa shakllantirish vazifasini qo‘ygan. Mening jamoadagi o‘rnim ham shunga bog‘liq.

- Sizningcha, joriy mavsumda "Paxtakor" chempion bo‘ladimi yoki "Nasaf"mi?

- "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo‘ladi (kuladi). Ha, to‘g‘risini aytganda "Paxtakor" va "Nasaf" juda kuchli jamoalar. Ularda poydevor bor, akademiyalari juda yaxshi shakllangan.

Bilasizmi, bugun bizda ayrim tajribali futbolchilar ham yosh bolalarcha xatoliklarga yo‘l qo‘yishdi. Standart vaziyatlarda ham yaxshi ishlay olmadik.

- Ignatiy Nesterov nega bugun maydonga tushirilmadi?

- Bizda yo‘qotishlar bor. Nesterovda bir oz shamollash kuzatildi. Shu sababdan uni maydonga tushira olmadik" - dedi Lazarevich.

Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати
Kiritildi: 21:57, 17.05.2022.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.