Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

"Andijon" - "Buxoro" o‘yini oldidan

"Andijon" - "Buxoro" o‘yini oldidan

Baho:
+ | -

Pro liganing 9-turidagi markaziy o‘yin shubhasiz Andijondagi “Bobur Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

20 may sanasida “Andijon” hamda “Buxoro” klublari ishtirokidagi uchrashuvga guvoh bo‘lamiz. Pro liganing ikki gigant jamoalari o‘rtasidagi bahsga bo‘lgan qiziqish har qachongidan yuqori darajada.

O‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan mazkur klublar bo‘lajak o‘yinga jiddiy tayyorlanishyapti. “Buxoro” jamoasi hozircha pro ligada yagona mag‘lub bo‘lmagan klub bo‘lib turibdi.

Yodingizda bo‘lsa, “Mash’al” ham Andijonga hali mag‘lubiyat nimaligini bilmagan holda kelgandi. Lekin ilk mag‘lubiyatini “Bobur Arena”da qabul qilib olgan.

Bevosita “Andijon” hamda “Buxoro” klublari ishtirokidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, shu paytgacha jamoalar 48 marta to‘qnash kelishgan. Mezbonlar 14 bor buxoroliklarni mag‘lubiyatga uchratgan. Mehmonlar bo‘lsa 21 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. Yana 13 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati: 64x80 “Buxoro” foydasiga.

Ushbu klublar oxirgi marta 2020 yilgi mavsumda Superligada to‘qnash kelishgan. O‘shanda “Andijon” safarda 2:2 hisobida durang o‘ynagan va o‘z maydonida “Buxoro”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Umuman aytganda, “Burgutlar” “Buxoro”ga qarshi bellashuvlarda oxirgi uchta o‘yindan beri yutqazmayapti.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:40, 18.05.2022.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.