Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Chelsi" "Milan" sardoriga qiziqish bildirmoqda

"Chelsi" "Milan" sardoriga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Milan" himoyachisi Alessio Romanyoliga "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen ketganidan so‘ng, bo‘shab qolgan himoya chizig‘ini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan bu transferga shaxsan "ko‘klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qiziqmoqda. Ulardan tashqari "Chelsi"ni Sezar Aspilikueta va Markos Alonsoni ham tark etishi mumkin.

Ushbu shartnoma yozda tugaydigan Romanyoliga "Barselona", "Sevilya", "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari da’vogarlik qilmoqda.

Himoyachi 2015 yildan beri “Milan”da to‘p suradi, jamoa sardori hisoblanadi.

Joriy mavsumda 27 yoshli italiyalik futbolchi “rossonerilar” safida barcha turnirlar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uni 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:45, 19.05.2022.
O'qildi: 2057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик