Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APLda kechayotgan keskin jang yoxud chempionlik taqdiri hal bo‘ldimi?

APLda kechayotgan keskin jang yoxud chempionlik taqdiri hal bo‘ldimi?

Baho:
+ | -

Yakshanba oqshomida Angliya Premyer-ligasida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Shu sabab, bugun biz turnir jadvalidagi holatga va chempionatning oxirgi turidagi asosiy intrigalarga to‘xtalib o‘tamiz.

Odatdagidek, biz avvalo reglamentni ko‘rib chiqamiz. Agar ochkolar teng kelib qolgan taqdirda jamoalar jadvalda qanday joylashishadi? Premyer ligada birinchi o‘rinda to‘plar farqiga qaratiladi. Mabodo ular teng kelsa, keyin umumiy kiritilgan gollar soniga hisobga olinadi. Demak, barchasi tushunarli, endi esa asosiy intrigalarga to‘xtalamiz.

Chempionlik uchun kurash

“Manchester Siti” – “Aston Villa”

“Liverpul” – “Vulverxemtop”

Angliya chempioni nomi so‘nggi turda aniqlanadi. “Manchester Siti” “Liverpul”dan bir ochko oldinda va chempionlikni o‘ziniki qilishga juda yaqin turibdi. Vaziyat shundayki, mersisaydliklar chempion bo‘lishlari uchun, avvalo, “Vulverxempton”ni mag‘lub etishlari va "shaharliklar"ning mag‘lubiyatga uchrashiga umid qilishlari kerak. Agar, "Liverpul" ertangi o‘yinda durang o‘ynagan taqdirda, Xosep Gvardiola shogirdlarining “Aston Villa”dan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchrashini kutishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa deyarli imkoni yo‘q narsa. Demak, chempion bo‘lish yoki uni qo‘shqo‘llab “Liverpul”ga topshirish – “Siti”ning o‘z qo‘lida.

YECHLning so‘nggi yo‘llanmasi uchun kechayotgan keskin bahs

“Norvich” – “Tottenxem”

“Arsenal” – “Everton”

“Chelsi” to‘plar nisbatiga ko‘ra uchinchi o‘rinda bormoqda. Tomas Tuxel jamoasi to‘rtinchi o‘ringa faqat nazariy jihatdan tushishib ketishi mumkin, ammo amalda buning amalga oshishi juda ham qiyin. Premyer-ligada Chempionlar ligasining so‘nggi, to‘rtinchi yo‘llanmasi uchun kurash "Tottenxem" va "Arsenal" o‘rtasida kechmoqda. To‘plar farqiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “shporlar” so‘nggi turda “Norvich”ga yutqazmasligining o‘zi kifoya qiladi. Agar, “kanonirlar” YECHLga chiqishni istashsa, 38-turda “Everton” ustidan g‘alaba qozonishi, hamda hamshaharining mag‘lubiyatini kutishlari talab etiladi.

 

Yevropa ligasi uchun kurash

“Kristal Pelas” – “Manchester Yunayted”

“Brayton” – “Vest Xem”

Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun “Tottenxem” va “Arsenal” o‘rtasidagi kurashda mag‘lub bo‘lgan jamoa Yevropa ligasiga yo‘l oladi. Oxirgi turda “Manchester Yunayted” va “Vest Xem” ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasida ikkinchi o‘rinda turadigan turnir yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib boradi. APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallagan klub Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi. "Vest Xem" oltinchi o‘rinni egallash uchun "Brayton"ni mag‘lub etishi va "Manchester Yunayted"ning safarda kechadigan "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinida ochko yo‘qotishini kutishi kerak. Agarda, mankunianliklar durang o‘ynasa va “bolg‘achilar” g‘alaba qozongan taqdirda, London klubi Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega chiqadi. Sababi, “Vest Xem”da to‘plar farqi “qizil iblislar”nikiga qaraganda yaxshiroq.

Elitada jon saqlab qolish uchun kurash

“Byornli” – “Nyukasl”

“Brentford” – “Lids”

Yakshanba kuni "Uotford" va "Norvich" Premyer-liga bilan rasman xayrlashadi. Chempionshipga tushib ketadigan 3-jamoa nomi ertaga aniqlanadi. Bu "Byornli" yoki "Lids" klublaridan biri bo‘ladi. Hozir har ikki jamoa hisobida ham 35 ochko bor, ammo “Byornli”da kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq yaxshiroq. Shu tariqa, so‘nggi turda “Lids” elitada jon saqlab qolishi uchun “Byornli”ni ochko yo‘qotishiga umid qilishi va safarda “Brentford” ustidan g‘alaba qozonishi talab qilinadi.

 

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:07, 21.05.2022.
O'qildi: 4603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик