Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasiga nima yetishmayotganini aytdi.
«Jamoa bu mavsumda markaziy himoyachilar bilan bog‘liq muammolar tufayli juda ko‘p zarar ko‘rdi. Bu o‘zimizni oqlayotgandek tuyulishi mumkin, lekin bu haqiqat. Men bu muammoni qanday hal qilishni bilmasdim”, - dedi Simeone Marca bilan suhbatda.
Ispaniya chempionatining 37-turidan so‘ng madridliklar turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida borishmoqda. Mavsumning so‘nggi o‘yinida Diyego Simeone shogirdlari safarda "Real Sosyedad" bilan to‘qnash kelishadi.