Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dibalaning "Inter"ga o‘tishiga bir qadam qoldi

Dibalaning "Inter"ga o‘tishiga bir qadam qoldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Paulo Dibala "Inter"ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Turinning “Yuventus” klubi bilan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadigan argentinalik futbolchi tez orada “neradzurri” bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma imzolashi kerak. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Shu tariqa, 28 yoshli argentinalik “Inter”ning joriy mavsumdagi ilk transferi bo‘ladi. Dibalada faoliyatini Premyer-ligada davom ettirish uchun bir nechta variant bor edi, ammo futbolchi A Seriyada qolishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Dibala "Yuventus" tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar 10taligiga kiradi. Argentinalik futbolchi rahbariyat bilan yangi maosh borasida kelishmovchiliklar tufayli “keksa sinyora” bilan shartnomani uzaytirmadi.

Kiritildi: 19:12, 23.05.2022.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик