Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Erik ten Xag: «Futboldagi do‘stlik biznesdan kattaroq»

Erik ten Xag: «Futboldagi do‘stlik biznesdan kattaroq»

Baho:
+ | -

«MYU» rahbariyati Erik ten Xag bilan kelishuvga erishishigacha sira tinchigani yo‘q. Mutaxassis endi iyun oyidan e’tiboran «qizil iblislar» bilan ish boshlaydi.

«MYU» rahbariyati Erik ten Xag bilan kelishuvga erishishigacha sira tinchigani yo‘q. Mutaxassis endi iyun oyidan e’tiboran «qizil iblislar» bilan ish boshlaydi. Albatta, uning APLdagi faoliyati qanday chiqishi barchani birdek qiziqtiradi. Trouw nashri esa vaqtdan ozgina ilgaralab, niderlandiyalik murabbiyni suhbatga chorladi.

- «Ayaks» bilan amalda shartnomangiz bor edi. Jamoadan nega aynan hozir ketishga qaror qildingiz?

- Bu mavsum allaqachon bonuslar davriga aylandi. «Ayaks» bilan yana muvaffaqiyat qozonish va qishni CHLda o‘tkazishni xohlagandim. Chunonchi, jamoa boshqaruvini qo‘lga olganimda, «Ayaks» «evroklub»ga aylanishi kerakligini aytgandim. Mana, xuddi shunday bo‘ldi ham. 

- Faoliyatingiz davomida qachondir hafsalasizlikka ham tushganmisiz?

- Ha, bunday holatlar yuzaga keladi ba’zan. Muhimi, tabiatan kechirimliman, kimgadir kek saqlamayman, garchi hammasini yodda tutsamda.

- Odamlarni shaxsiy moyilligingiz tufayli himoya qilasiz, lekin ba’zida bu zararingizga ishlashi mumkin.

- Odatda shogirdlarimni oshkora qo‘llab-quvvatlayman. Lekin jamoada kimdir chegaradan o‘tib ketsa, boshqacha yondashaman, albatta. Har holda, futbol - sportning elit turi. Umuman, jamoada hamma bir-biriga ishonishi kerak, aks holda, natija chiqmaydi. Mayli, himoyaviy pozisiyam o‘zimga qarshi qaratilsa ham, jamoaga naf keltirsa, bas. Zero, menejerman, demakki, yetakchi roli zimmamda. 

- Deylik, suiqasdda ayblanayotgan Promesni ham himoya qildingiz...

- Ha, shunday. Odam xato qiladi. Ammo bu uni butunlay hisobdan chiqarib tashlashni anglatmaydi.

- Ayollar bilan mojarodan keyin «Ayaks» sport direktori lavozimidan ketgan Mark Overmars ham do‘s­tingiz bo‘lib qolaveradimi?

- Hamon aloqadamiz. Do‘stlik biznes hamkorlikdan kattaroq. Hayotda barchasini muvozanatda saqlash muhim. Yana odamlarga nisbatan kechirimli bo‘lish ham. Axir insonlar bir-birlarini otishlari emas, aksincha, yordam qo‘lini cho‘zishlari kerak. 

- Jamoaga yondashuvingiz va «total shaxs» tamoyili bilan Lui van Galga o‘xshaysiz...

- Lui men uchun xuddi Rinus Mixels va Yoxan Kroyff kabi - katta namuna. Bular «Ayaks»ga eng katta ta’sir o‘tkazgan shaxslardir. Qolaversa, ularning buyukligi faqat klub bilan chegaranmaydi. Zero, butun dunyo futboliga katta naf keltirishgan.

- Mana, shu murabbiylarga tegishli ko‘plab rekordlarni yangiladingiz. Shunday ekan, yaqin kelajakda ular qatoriga chiqa olasizmi?

- Qiyin, chunki buning uchun yevromaydonda sovrinlar yutish kerak. Qolaversa, Kroyff butunlay boshqa daraja edi. Uning amalga oshirgan ishlari bebaho.

- Britaniya tabloidlari bir necha haftadan beri hayotingizni chuqur o‘rganmoqda. Bu qo‘rqinchli emasmi?

- Yashiradigan hech narsa yo‘q, demak, bunga ahamiyat berishim shart emas. Hammasini o‘qish zararingizga ishlaydi. Zero, ba’zida to‘g‘risini yozishadi, gohida aksini.

- «Ayaks»da orttirgan eng muhim tajribangiz...

- Jarayonni to‘liq boshqarish. Bunday tajribani «Gou Exed Iglz» yoki «Utrext»da to‘play olmaysiz, chunki ularda hammasi ancha tor doirada. «Ayaks» esa katta ma’lumotlar oqimiga ega. Faqat ularni to‘g‘ri qabul qilish va taqsimlash kerak. Ams­terdam klubida vaqtni bosh­qarish ham juda muhim.

- Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlar bilan qanday ishlashni bilasizmi?

- O‘ylaymanki, ha. Lekin o‘zligimni yo‘qotmasligim kerak. Demoqchimanki, murabbiylik qarashlarimni o‘zgartirmayman. Ha, har doim mavjud futbolchilar qanday o‘yin qurishingizni belgilab berishadi. Lekin talablarni aniqlash va qoidalar o‘rnatish mening ixtiyorimda. Qisqasi, aniq vazifalar topshiraman, agar kimdir talabga mos kelmasa, maqomidan qat’iy nazar, unga bor gap aytiladi. Bu borada hech kimga yon bermayman.

- «Ayaks» transferlarida sezilarli ovozga ega edingiz. «MYU»da ham shunday bo‘ladimi?

- Shubhasiz. Qanday ishlashimni aytib, oldindan talablar qo‘yaman. Agar ular bajarilmasa, taklifni qabul qilmayman. Yo‘q, jamoada yagona hukmdor bo‘lishni xohlamayman, faqat hamkorlik tarafdoriman. Asosiy shartlarimdan biri - transferlar bo‘­yicha ovoz berish huquqi.

- Sovrinlar o‘z yo‘liga, sizdan «Ayaks»ga nima meros qoldi?

- Shubhasiz, ajoyib yillarni birga o‘tkazdik. O‘ylaymanki, «Ayaks» qo‘l ostimda har doim chiroyli futbolga intildi, shu go‘zallik ichida yashadi. Klubda g‘alaba qozonish mentaliteti bor. Murabbiy uchun taktika muhim, ammo mentalitet ham zarur, albatta. Ehtimol, ayni shu masalada katta ta’sirim qolayotgandir...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 13:15, 24.05.2022.
O'qildi: 2568 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.