Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

AFC U20 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichida qiyin guruhdan o‘rin oldi

AFC U20 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichida qiyin guruhdan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston 2023 yilda yana bir nufuzli musobaqa — 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar berib o‘tgandik. Turnirning final bosqichi yo‘llanmasi uchun saralash bahslari sentyabr oyida o‘tkaziladi. Bugun esa ana shu saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston qit’a chempionatining final bosqichiga mezbonlik qilsa-da, saralash bosqichida ishtirok etishga qaror qilgan. Qur’a natijasida vakillarimiz "A" guruhidan o‘rin olishdi. Unda, shuningdek, saralash bosqichiga mezbonlik qiladigan Saudiya Arabistoni, Sharqiy Osiyoning kuchli jamoalaridan biri Xitoy hamda qit’amiz autsayderlari — Myanma va Maldiv orollari joy olishdi. Saralash uchrashuvlari joriy yilning 10, 12, 14, 16 va 18 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi bu safar Sharq va G‘arb mintaqalariga ajratilmadi. 10ta guruh g‘olibi va 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida 5ta eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan jamoa yurtimiz maydonlarida o‘tadigan turnirga tashrif buyuradi. Agar O‘zbekiston o‘z guruhida 1-o‘rinni egallasa, u holda 2-o‘rinni egallaganlar orasida 6ta jamoa qit’a chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Osiyo chempionatida yuqori 4ta o‘rinni egallagan jamoalar 2023 yilning kuz faslida Indoneziyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

AFC U20 saralash bosqichi qur’a natijasi

"A" guruhi: Saudiya Arabistoni (mezbon), Xitoy, Myanma, Maldiv orollari, O‘zbekiston

"B" guruhi:
Qatar, Bahrayn (mezbon), Bangladesh, Nepal, Butan

"C" guruhi:
Yaponiya, Yaman, Falastin, Laos (mezbon), Guam

"D" guruhi: Iordaniya (mezbon), Xitoy Taypeyi, Suriya, Turkmaniston, Shimoliy Mariana orollari

"E" guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Mo‘g‘uliston (mezbon), Shri Lanka

"F" guruhi: Indoneziya (mezbon), Vyetnam, Gonkong, Sharqiy Timor

"G" guruhi: Tailand, Ummon (mezbon), Filippin, Afg‘oniston

"H" guruhi: Avstraliya, Iroq (mezbon), Hindiston, Kuvayt

"I" guruhi: Tojikiston (mezbon), Kamboja, Livan, Singapur

"J" guruhi: BAA, Eron, Qirg‘iziston (mezbon), Bruney Dorussalom

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:11, 24.05.2022.
O'qildi: 4409 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.