Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Kilian Mbappe nima sababdan «Real»ga o‘tmagani, pul va «Liverpul» bilan muzokaralar haqida (intervyu)

Kilian Mbappe nima sababdan «Real»ga o‘tmagani, pul va «Liverpul» bilan muzokaralar haqida (intervyu)

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Marca nashriga intervyu berdi. Hujumchi «PSJ»da nega qolgani, faqatgina «Real» emas, balki «Liverpul» bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.

Pul uchun Parijda qoldi deb hisoblashlari haqida
— Biroz xafaman, chunki faoliyatimning boshidayoq barchaga sabrli ekanligimni ko‘rsatganman. Doim futbol, unvonlar, muhim uchrashuvlar haqida gapirganman. Va pul haqida umuman og‘iz ochmaganman.

Odamlar xohlagan narsasini aytishi mumkin, lekin meni hamma biladi. «Real»ning barcha rahbarlari bilan gaplashdim, «PSJ» bilan suhbatlashdim. Florentino Peres bilan ham, Nosir al-Helayfi bilan ham pulni muhokama qilmaganman. Advokatim va onam pul haqida biroz gapirdi, ammo men emas. Men sport haqida gapiraman, chunki maydonda o‘ynayapman.

Hisob raqamimga pul tushganda qarashim mumkin, lekin bunga ahamiyat bermayman. Sovrinlar qo‘lga kiritish, eng yaxshisi ekanligimni isbotlash va baxtli bo‘lish uchun «PSJ»daman. Hozir baxtliman deb o‘ylayman.

«Real»ga o‘tmaganidan so‘ng bo‘layotgan tanqidlar haqida
— Buni qabul qilaman va tushunaman. Birinchidan, Madriddagi barchadan menga shunday mehr va muhabbat ko‘rsatgani uchun minnatdorman. Ismim «Real» va uning muxlislari tomonidan tilga olinganidan faxrlandim.

Ularning hafsalasi pir bo‘lganini tushunaman va bu normal holat. Menda bunga nisbatan hech qanday munosabat yo‘q. Fransuz bo‘lganim uchungina vatanimda qolganimni tushunishlarini xohlayman. Ular buni tushunishiga ishonchim komil.

Qachondir «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqida
— Bir necha kun oldin yangi shartnoma imzolagan holatda «Real» haqida gapirish hurmatsizlik bo‘ladi, menimcha.

Orzu — bu yaxshi. Lekin men hozir haqida o‘ylayapman, butun diqqatim yangi shartnomaga qaratilgan. Keyinchalik nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. «PSJ» bilan 3 yillik shartnomam bor va diqqatim keyingi mavsumga qaratilgan.

«Real» orzusi o‘tmish emasligi haqida
— U hech qachon o‘tmish bo‘lmaydi. Lekin men «PSJ» bilan shartnoma imzoladim. Kelajakda nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hozirim haqida bosh qotiryapman. Ayni damda Parij jamoasi bilan 3 yillik shartnomam bor.

Qaysi jamoaga o‘tishi borasida hammada har xil fikr bo‘lgani haqida
— Sen mashhur bo‘lsang, har doim senga nima qilishing kerakligini o‘rgatadiganlar topiladi (kuladi).

Bu bilan qanday kurashishi haqida
— Zavqlanaman, chunki o‘yinlarga 100% diqqatimni qarataman.

Florentino Peres «Real» futbolkasini jo‘natgani haqida
— U menga futbolka yubormagan.

«PSJ»da qolish qarorini «Real»ga bildirgani haqida
— Dastlab «Real» prezidenti Florentino Peresga qarorimni yetkazdim. Chunki uni va klubni juda hurmat qilaman. Shaxsan o‘zim bu haqida aytishni to‘g‘ri deb bildim. Bizning munosabatlarimiz yaxshi. Shundan so‘ng «PSJ»ga qolayotganimni va Parijda ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlayotganimni aytdim.

«Real»dan tashqari «Liverpul»dan ham qiziqish bo‘lgani haqida
— Ha, bu haqiqat. «Liverpul» bilan ham muzokara o‘tkazdim, chunki qizil — onamning sevimli rangi. U «Liverpul»ni yaxshi ko‘radi. Nega? Bilmadim, buni uning o‘zidan so‘rang (kuladi).

«Monako»da o‘ynab yurgan vaqtlarimda jamoa bilan uchrashganman. «Liverpul» — ajoyib jamoa. Yaqinda ular bilan ham suhbatlashdik, ammo uzoqqa cho‘zilmadi. Shuning uchun tanlov «Real» va «PSJ» o‘rtasida kechdi.

Bir yil oldin «Real»ga o‘tmoqchi bo‘lgani haqida
— O‘tgan yili «Real»ga o‘tmoqchi bo‘lganimni hamma biladi. O‘shanda ketish eng yaxshi qaror deb hisoblaganman. Ammo hozir barchasi o‘zgargan. Erkin agentga aylandim, fransuzman va mamlakatimga kerakligimni his qildim. Mamlakat uchun kerak ekansan, sen faqat futbol haqida emas, hayot haqida ham o‘ylashing zarur.

Faoliyatimni yakunlagach, oilam va do‘stlarim bilan birga Fransiyada yashayman. «Real» va uning muxlislari uchun qila oladigan yagona narsam menga bo‘lgan mehri uchun minnatdorligimni bildirishimdir. Bu aql bovar qilmaydigan narsa, chunki men u yerda hech qachon o‘ynamaganman. 14 yoshimda atigi bir hafta Madridda bo‘lganman, lekin «Real» juda ajoyib klub va ularga Chempionlar Ligasi finalida omad tilayman.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:45, 24.05.2022.
O'qildi: 4527 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.