Fransiyaning “Lion” klubi bosh murabbiyi Peter Bosh “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.
Boshning aytishicha, Mourinyo har doim mojaro va drama yaratish bilan band bo‘lgan inson. "Lion" ustozi portugaliyalik mutaxassis o‘ta ayanchli va sharmandali ishlarga qo‘l urishi kerak bo‘lsa ham, o‘ziga foyda keltirish uchun har qanday yo‘ldan borishga tayyorligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" Mourinyo boshchiligida joriy mavsumda Italiya chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan edi. Rim klubi bugun Konferensiya ligasi finalida ham “Feyenoord” bilan o‘ynaydi.