Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

Ronalduda «MYU» rekordi naqd, liganiki-chi?

Ronalduda «MYU» rekordi naqd, liganiki-chi?

Baho:
+1 | -

«MYU» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

Portugaliyalik yulduz bu safar maxsus so‘rovda Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Gabriel Jezus («Manchester Siti»), Leandro Trossard («Brayton»), Tyago Alkantara («Liverpul»), Son Xyun Min («Tottenxem»), Bruno Gimaraes («Nyukasl») va Natan Kollinz («Bernli»)ni orda qoldirdi. Ma’lumot uchun, 37 yoshli yulduz o‘tgan oy APL doirasidagi 4ta o‘yinda 5ta gol urdi. Jumladan, «Norvich» bilan uchrashuvda «xet-trik»ka erishdi va «Arsenal» hamda «Chelsi»ga 1tadan gol tortiq etdi.

* Krishtianu Ronaldu joriy mavsum oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni ikkichi marta qo‘lga kiritdi. 2021 yilning sentyabr oyi­da ham aynan portugaliyalik yulduz e’tirof etilgandi. 

* Krishtianu Ronaldu Ang­liyada oy laureati bo‘lish bobida «MYU» rekordchisiga aylandi. Endi unda bunday sovrinlar soni 6ta. Xullas, Krish «MYU»dagi faoliyati davomida 5 marta oyning eng yaxshi futbolchisi maqomini olgan afsona - Ueyn Runidan o‘zib ketdi. 

* Krishtianu Ronaldu APL tarixida eng ko‘p oy laureati bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarildi. Aniqrog‘i, u bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard (6 karra laureat) bilan tenglashib oldi. Oldinda turgan «Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn va «Manchester Siti» tarixidagi bosh goleador Serxio Aguero hisobida esa 7tadan sov­rin bor. 

* Krishtianu Ronaldu may oyida ham laureat bo‘lsa, joriy mavsumning o‘zida APL rekordchilari qatoriga qo‘shiladi. Biroq oxirgi vaqtlarda «MYU»ning ishlari yurishmayotganini inobatga olsak, bu juda qiyin masala.

Darvoqe, murabbiylar so‘rovida «notanish» Mayk Jekson g‘olib chiqdi. Chunonchi, «Bernli» boshqaruvini qo‘lga olgan mutaxassis aprel oyi­dagi 4ta o‘yinda 3ta g‘alaba («Sautgempton» - 2:0, «Vulverxempton» - 1:0 va «Uotford» - 2:1) va 1ta durang («Vest Xem» - 1:1) qayd etdi. Jekson shu natijalar o‘laroq, Yurgen Klopp («Liverpul»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti») va Tomas Frank («Brentford»)dan ko‘proq ball to‘pladi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 14:35, 25.05.2022.
O'qildi: 6628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.