Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Raqiblar: Sadio Mane yoki Vinisius Junior? Qay biri kuchli?

Raqiblar: Sadio Mane yoki Vinisius Junior? Qay biri kuchli?

Baho:
+ | -

Sadio Maneni bugun butun dunyo yaxshi taniydi. U "Liverpul" afsonasiga aylanib ulgurgan. Vinisius esa yaqin kelajakda "Real" yetakchisi bӯlishi mumkin. U balki "qirollik klubi"da afsonaga ham aylanar. Biroq ayni damda kim yaxshiroq futbolchi? Quyida ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.

1. Eng yaxshi davr

2018-2019 yilgi mavsumda butun dunyo Manening eng zo‘r davriga guvoh bo‘lgandi. Hujumchi o‘shanda APL "Oltin to‘p"ini hamda YECHL bosh sovrini qo‘lga kiritgan. Mane dunyoning eng yaxshi beshta futbolchisidan biri sifatida e’tirof etiladi. Shundan keyin senegallik faoliyatida biroz pasayish yuz bergandi. Ayni damda esa 30 yoshli futbolchi "Liverpul"ga yana bir chempionlik taqdim etishga tayyor turibdi. Mane bir paytlar kuchli beshlikka kirgan bo‘lsa, Vinisius bu mavsumda ko‘rsatib qo‘ydiki, unda kuchli uchtalik uchun ham yaxshigina potensiali mavjud. "Real"dagi ilk davri biroz qiyin kechgan bo‘lsa ham, bugun u top-futbolchiga aylana oldi. "Real" esa unga 46 million yevro sarflab, adashmagan edi. Bugungi kundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Vinisius yaxshiroq ko‘rinmoqda.

2. To‘purarlik

2021-2022 yilgi mavsumga qadar bu kategoriyani muhokamaga qo‘yishning o‘zi noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki Mane bir mavsumda 22 ta gol urgan paytlarda Vinisius 3 ta golga mualliflik qilgan, xolos. Ammo bugun Vinisius yaxshiroq. U La-ligada 17 ta gol ura oldi. Bu esa Manenikidan bittaga ko‘proqdir. Shunga qaramay, bu borada Sadio Mane tengsiz. Chunki Senegal terma jamoasi a’zosi besh mavsumdirki, ketma-ket 15 tadan ko‘p golga mualliflik qilib kelmoqda. Aytish mumkinki, bu o‘ta jiddiy va hammani ham qo‘lidan kelavermaydigan barqarorlikdir. Mane esa bunga erish olgan.

3. Klubdagi ta’sir doirasi

Ho‘p, yuqoridagi ikki aspekt biroz bahsli bo‘lishi mumkindir. Ammo bu borada hech so‘zsiz, Sadio Mane g‘olib chiqa oladi. Buning sababini quyida ko‘rishingiz mumkin. Sadio Mane "Liverpul"ga o‘tgandan beri:
-APL g‘olibligi;
-Angliya liga kubogi;
- YECHL g‘olibligi;
- Angliya kubogi sohibi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Mane o‘z jamoasida hech qachon shunchaki asosiy tarkib vakili bo‘lmagan. U yuqoridagi sovrinlarni yutishda muhim figura sifatida qatnashgan. Shunday ekan, e’tirozlarga o‘rin yo‘q deb hisoblaymiz.

4. Texnika va dribling

Ha, hamma biladi, hamma tan oladi – Mane texnikali futbolchi. Ammo keling, quyidagi videoni tomosha qilaylik. Ko‘rganingizdan keyin aniq anglaysizki, biz adolatli tarzda bu kategoriyani Vinisius Juniorga taqdim etganmiz.

 

Demak, bu borada g‘olib – Vini JR.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:27, 25.05.2022.
O'qildi: 3509 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.