"Barselona" yarim himoyachisi Niko Gonsales kelasi mavsumni boshqa klub safida o‘tkazishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi futbolchining o‘yinidan mamnun, ammo unga ko‘proq o‘yin amaliyoti kerakligi sabab 1 mavsumga ijaraga berib yuborilishi mumkinligini aytdi.
Hozircha 20 yoshli ispaniyalik xavbek uchun takliflar yo‘q. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.