Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Chempionlar Ligasi - 2021/2022 haqida ajoyib faktlar

Chempionlar Ligasi - 2021/2022 haqida ajoyib faktlar

Baho:
+1 | -

Kecha tunda Yevropa klublari uchun mavsum rasman yakunlandi. Endi esa eng qiziqarli turningning o‘ziga xos statistikalari bilan tanishib chiqamiz.

To‘purar: Karim Benzema (“Real Madrid”) - 11 o‘yinda 15 ta gol. Eng yaxshi gol+assist: Karim Benzema (“Real Madrid”) – 17 ochko (15+2)

Bu mavsumda Karim Benzema qanchalik yaxshi ekanini yana bir bor eslatishim kerakmi? U nafaqat La ligani, balki Chempionlar Ligasini ham “parchalab” tashladi. Benzema jamoani boshqaradi, oldinga boshlaydi va gol uradi. Hatto Robert Levandovski ham unga yeta olmadi, garchi u ham yaxshi statistikaga ega edi: 13+3. Xo‘sh, guruh bosqichi qahramoni - "Ayaks"dan Sebastyan Aller. Sakkizta o‘yinda 11ta gol urgan.

Eng yaxshi assistent: Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) – 7 o‘yinda 6 golli uzatma. Siz unutishingiz mumkin, lekin “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasida o‘ynadi. Jamoaning yo‘li "Atletiko" bilan 1/8 finalda tugadi va bu Brunu Fernandesh golli uzatma bermagan yagona o‘yin bo‘ldi. Ungacha har bir o‘yinda bittadan golli uzatma muallifiga aylandi. Biroq yana ikki futbolchi xuddi shuncha assist amalga oshirdi: Leroy Sane 10 uchrashuvda, Vinisius esa 12 uchrashuvda.

Eng yaxshi darvozabon: Eduard Mendi (“Chelsi”) – 9 ta o‘yindan 5 tasida gol o‘tkazib yubormagan (55,6%). Tibo Kurtua ham 5 ta quuq o‘yin o‘tkazdi, Alisonda esa 4ta. Biroq Eduard Mendining ulushi hamon yuqoriroq - 55,6%. "Benfika" darvozaboni Odisseas Vlaximos ham Chempionlar ligasida yorqin mavsum o‘tkazdi: 10 o‘yinning yarmi nolga teng bo‘ldi.

Eng yosh tarkib: “Red Bull Zalsburg” o‘rtacha 22,6 yosh bilan “Sevilya”ga qarshi o‘ynadi. Bu yerda Avstriya klubiga teng keladigani yo‘q: har turda "Zalsburg" eng yosh tarkib bilan maydonga chiqdi. "Sevilya" bilan safarda esa deyarli U23 jamoasi sifatida o‘ynashdi.

"Zalsburg"ning eng tajribali futbolchisi 35 yoshli jamoa sardori Andreas Ulmer bo‘ldi. Gap shundaki, undan tashqari jamoada 25 yoshdan katta birorta futbolchi yo’q edi.

Eng yosh o‘yinchi: Dariu Esugu ("Sporting") - maydonga 16 yosh, 8 oy va 23 kunligida tushgan. Himoyachi Dariu Esugu "Ayaks"ga qarshi o‘yinda (2:4) o‘n daqiqa maydonga harakat qildi. Bu, asosan, Chempionlar Ligasidagi barcha maktab o‘quvchilari uchun umumiy voqea: 16 yoshli Noa Mbamba (“Bryugge”), Yusuf Mukoko (“Borussiya D”) va Rodrigo Ribeyro (“Sporting”) ular maydonga stadiondagi muhitni his qilish uchun tushirilgani aniq.

Agar siz kimnidir jiddiy qabul qilsangiz, bu, albatta, "Barselona"dan Gavi. 17 yoshli bolakay 6 ta o‘yin o‘tkazdi.

Eng keksa futbolchi: Zlatan Ibragimovich (“Milan”) - maydonga 40 yosh, 2 oy va 4 kunligida tushgan. 40 yoshda va jarohatidan tuzalgan Zlatan hali ham Chempionlar ligasida 4 ta o‘yin o‘tkazdi. Ha, u gol urmadi, lekin u shu yoshda ham futbol o‘ynayotganining o‘zi katta gap emasmi, azizlar?

Kiritildi: 16:20, 29.05.2022.
O'qildi: 7354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик