"Leyssig" o‘z futbolchisini sotuvga qo‘yadi. Xabarlarga ko‘ra, Bundesliga vakili jamoa futbolchisi Nordi Mukiyeleni "Tottenxem"ga taklif qilgan.
Himoyachi o‘z jamoasini o‘zgartirish niyatida ekanini bildirgan. 25 yoshli futbolchi 4 yil oldin "MonpelYE"dan xarid qilingan edi. U hozirda 17 million funtga baholanmoqda.