Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kutilgan va kutilmagan voqealar — «Real». Zo‘rlar ichida zo‘rlar kimlar edi?

Kutilgan va kutilmagan voqealar — «Real». Zo‘rlar ichida zo‘rlar kimlar edi?

Baho:
+ | -

La-liga va YECHL bosh sovrini yana bir bor «Santiagu Bernabeu»ga yo‘l olgach, aytish mumkinki, «Real» uchun 2021-22 yilgi mavsum ajoyib o‘tdi. Karlo Anchelotti shogirdlari yana bir tarixiy davr yaratuvchisiga aylandi. Endilikda, jamoa futbolchilari va murabbiy keyingi yil haqida o‘ylay boshladi. Quyida futbolchilarining e’tirofga loyiq vakillari haqida gap boradi.

Mavsum o‘yinchisi – Benzema

«Real»ning fantastik natijalarida eng katta o‘rinni Karim Benzema egallaydi. Tez orada fransuz hujumchisi «Oltin to‘p»ga ega chiqsa ham ajab emas. O‘tgan vaqt davomida Benzema ishonib bo‘lmaydigan natijalarga erishdi. 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta assist hamda 46 ta gol urish, qolaversa, ikkita sovrin yutish – mukammalik belgisi. U «Real»da yil futbolchisi deb topildi. Yaqin kelajakda esa bir nechta individual sovrinlar, uni kutmoqda.

Mavsum goli – Benzema («Atletik Bilbao»ga qarshi)

Ha, bu aspketda ko‘plab nomzodlar bor edi. Biroq Benzema yana g‘olib bo‘ldi. Hujumchining eng chiroyli goli mavsumniki ham bo‘la oladi. Dekabr oyida Benzema «Atletik» darvozasini chiroyli ravishda ishg‘ol qilgandi.

Mavsum transferi – Eduardo Kamavinga

Kamavinga hamda Alaba o‘zlarining debyut mavsumidayoq muvaffaqiyat qozona oldi. Aslida Alaba bu nomga mosroq edi. Biroq Kamavinganing kelajagi ham hisobga olinadi. U klubga kelayotgan mavsumlarda ham katta yordam berishi mumkin. 30 million funtga xarid qilingan yosh yarim himoyachi, o‘ziga sarflangan pulni oqladi deyish mumkin. Kamavinga zaxira varianti sifatida jamoaga ko‘p asqotdi. YECHLda esa ayrim bahslarda sensasion darajada harakat qildi.

Mavsum o‘yini – «Manchester Siti» bilan

YECHLning yarim final bahslari ajoyib kechdi. Ayniqsa, «Real» hamda «Manchester Siti» o‘rtasidagi ikkinchi davra o‘yini, tarixdagi eng ajoyibi sifatida abadiy eslanadi. Chunki unda «Real» ilojsiz vaziyatdan chiqib keta olgan edi. 90 daqiqadan keyin urilgan ikki gol ekstra-taymlarni ko‘rish uchun yetarli bo‘lgandi. Karim Benzemaning penaltidan muvaffaqiyatli foydalanishi esa «Real»ni finalga olib chiqdi. Bu esa mutlaqo kutilmagan holat edi.

Eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchi – Vini JR

Yana bir oson va haqqoniy tanlov. Vinisius 12 oy ichida umidli va iste’dodli futbolchidan superyulduz darajasiga ko‘tarila oldi. Hujumchi o‘zini bosiq tutishni o‘rganib oldi. Buning natijasida esa vaziyatlarni sovuqqonlik bilan yakunlay boshladi. Braziliya terma jamoasi a’zosi mavsum davomida jami 22 ta golga mualliflik qilgan. E’tiborlisi shundaki, Vini «Real» safidagi dastlabki 118 ta o‘yinda 14 ta gol urgandi. Bir mavsumda esa bu natijani ikki baravar ko‘tara oldi. Shubhasiz, «qirollik klubi» yaqin orada unga yangi bitim taklif etadi!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 31.05.2022.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.