Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Ayntraxt»ning shonli yo‘li

«Ayntraxt»ning shonli yo‘li

Baho:
+ | -

11 yil avval tarkibida Teofanis Gekas, Xalil Oltinto‘p va Aleksander Mayer kabi futbolchilari bo‘lgan «Ayntraxt» so‘nggi bor Bundesligani tark etgandi.

Kelgusi mavsumda elitaga qaytgan jamoa safida hozirgi sardor - Sebastyan Rode ham bo‘lgan. Quyidagi faktlar Yevropa Ligasi chempioniga aylangan Frankfurt klubi haqida.

* O‘sha kezlari 20 yoshda bo‘lgan Sebastyan Rode uchinchi liga vakili «Kikers Offenbax» jamoasidan endigina kelgandi. Uni jarohatlar qiynadi - maydonda kam ko‘rinish berdi, Bundesliga-2010|2011da bor-yo‘g‘i 11ta o‘yin o‘tkazdi.

* Mavsum-2015|2016da «Ayntraxt» «Nyurnberg»ga qarshi o‘tish o‘yinining ikkinchi bo‘limida quyi ligaga tushib ketishdan qutulib qoldi.

* 2018 yilning bahorida klub kutilmaganda 30 yil ichidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi - Niko Kovach Germaniya kubogi finalida «Bavariya»ni yengib, so‘ngra Myunxenga ko‘chib o‘tdi. Umuman olganda, «Ayntraxt» chempionlikdan ko‘ra, kubok bahslarida omadliroq chiqmoqda - 5ta sovrin.

* Mavsum-2018|2019da «Ayntraxt» avjiga chiqdi: Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi barcha 6 uchrashuvda g‘alaba qozondi, «Benfika», «Inter» va «Lasio» kabi klublarni ortda qoldirdi - yarim finalda penaltilar seriyasida «Chelsi»ga yutqazdi. Ushbu ko‘rsatkichlardan keyin Luka Yovich va Sebastyan Allerni sotish orqali yaxshigina daromad ko‘rdi. Shuningdek, chempionatning so‘nggi turi arafasida ham jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qildi (27 yillikdagi eng yaxshi natijaga erishish uchun biroz omad yetishmadi).

* Frankfurtliklarning Germaniya chempionatida ishlari yurishmayapti - yagona sovrin Bundesligaga asos solinishidan avval (1959 yilda) qo‘lga kiritilgan, so‘nggi yillarda esa atigi bir marta 7dan yuqori pog‘onani egallashgan (o‘tgan mavsum 5-o‘rin). Joriy mavsumda esa jadvalning 11-qatori band etildi. Shunga qaramay, jamoa ilk bor Chempionlar Ligasida qatnashadi.

* «Ayntraxt» Yevropa Ligasi|UYEFA kubogida ikkinchi bor zafar quchdi - dastlabki muvaffaqiyat 42 yil avval (1980) qayd etilgan. O‘shanda yarim final bosqichida to‘rtta (!) Germaniya jamoasi qatnashgan. Kuboklarda esa, avval ayt­ganimizdek, «Ayntraxt»ning ishtiroki nisbatan oson kechadi. Dastlab «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tildi, finalda esa Menxengladbaxning «Borussiya»si mag‘lubiyatga uchratildi.

* Yevropa Ligasining yakunlangan mavsumida «Ayntraxt» biror marta yutqazmadi, barcha 13 uchrashuvda gol urdi. Shu tariqa, «Chelsi»-2018|2019dan keyin YELda ushbu ko‘rsatkichga erishgan ikkinchi klubga aylandi.

* Frankfurtliklar yoqimli an’anani davom ettirishdi - ular Ispaniyada o‘tkazilgan yevrokuboklarda biror marotaba mag‘lubiyatga uchrashmadi (so‘nggi final arafasida to‘rtta g‘alaba va bitta durang). Endi esa, ushbu mamlakatda bosh sovrinni o‘zlariniki qilishdi.

* G‘alaba keltirgan penaltini Rafael Santos Borre amalga oshirdi - aynan uning o‘yin paytida urgan goli «Ayn-traxt»ga hisobni tenglashtirishda asqotgandi. Bu kolumbiyalik futbolchilarning YEL finallarida urgan 6-goli bo‘ldi (buning uchun Radamel Falkaoga tashakkur bildirishsa arziydi) - ispanlar ham ayni ko‘rsatkich qayd etishgan. Boshqa hech bir millat vakillari bundan ko‘p gol urishmagan.

* «Ayntraxt» so‘nggi 25 yil ichida daraja jihatidan ikkinchi hisoblangan yevrosovrinni qo‘lga kiritgan ilk nemis klubi bo‘ldi. Qizig‘i, oxirgi marta UYEFA kubogi 1997 yilda Germaniyaga yo‘l olgan - o‘shanda «Shalke» muvaffaqiyat qozongandi. Hozircha UYEFA kubogi|Evropa Ligasi finalidagi g‘alabalar bo‘yicha Italiya, Angliya va Ispaniya vakillari ustun.
****
Finlyandiyaning Xelsinki shahridagi Olimpiya stadionida 10 avgust kuni Yevropa Superkubogi doirasida «Real» va «Ayntraxt» o‘zaro to‘qnash keladi. Madrid klubi Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida ishtirok etadi. Karlo Anchelotti shogirdlari 28 may kuni «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonib, YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

«Ayntraxt» esa Yevropa Ligasi chempioni hisoblanadi. Nemis klubi 18 may kuni «Reynjers»ni mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarildi.

«Ayntraxt» va «Real» 1959/60 yildan beri rasmiy o‘yinlarda bir-biriga to‘qnash kelmagan edi. O‘shanda «qaymoqranglilar» frankfurtliklarni Yevropa Chempionlar Kubogi finalida 7:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Uchrashuvda Alfredo di Stefano het-trik qayd etgan bo‘lsa, Ferens Pushkash pokerga erishgan.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:10, 03.06.2022.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.