Portugaliyalik murabbiy Krishtianu Ronalduning "MYU"da qolish qarorini yuqori baholadi.
“Men Krishtianu dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini ko‘p marta aytganman. "Manchester Yunayted"da qolish qaroriga kelsak, bu uning tanlovi. Bu yaxshi yoki yomonligini aytish men uchun emas.
Bu shaxsiy qaror. Faqat shuni aytishim mumkinki, dunyoning eng yirik klublaridan biri bo‘lgan “Manchester Yunayted”da o‘ynash imkoniyati kam odamda bor. Krishtianu esa yillar davomida shunday qildi”, - deydi Fernando Santos.