"PSJ" vise-sardori va himoyachisi Presnel Kimpembe Parij klubida o‘ynashni davom ettirish niyatida.
"Men "PSJ"ni yaxshi ko‘raman. Faoliyatimdagi muhim lahzalar keldi va men klub rahbariyati bilan yangi shartnoma tafsilotlarini muhokama qilaman”, - dedi fransiyalik futbolchi.
Kimpembening amaldagi shartnomasi 2024 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
26 yoshli fransuz futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.