Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/05 19:00 Surxon 1-0 So‘g‘diyona
31/05 19:30 OKMK 1-0 Metallurg
02/06 00:00 Borussiya D - Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Vinisius kuchli uchlikda! Futbolchilarning yangilangan narxlaridan xabaringiz bormi?

Vinisius kuchli uchlikda! Futbolchilarning yangilangan narxlaridan xabaringiz bormi?

Baho:
+ | -

Futbol iste’dodlarining narxi qancha?

Kilian Mbappe «PSJ»da qolish qarori bilan «Real»ni xafa qilganidan xabaringiz bor, Erling Xoland «Manchester Siti»ga o‘tdi. Vinisius Junior esa «qirollik klubi» muxlislarini Chempionlar Ligasi finalidagi g‘alaba goli bilan xursand qildi.

2022 yil o‘rtalariga kelib sayyoramizdagi eng qimmat futbolchilar uchligi shunday ko‘rinishga ega.

Quyida mavsum yakuniga ko‘ra narxlar yangilangach, Transfermarkt talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmatbaho o‘n futbolchisi haqida so‘z yuritamiz.

Romelu Lukaku («Chelsi»; Belgiya; 29 yosh) - 85 million yevro

«Chelsi» o‘tgan yozda Romelu Lukaku uchun 113 million yevro to‘lagan, uning hozirgi taxminiy narxi 100 million yevro.

Angliyadagi yomon mavsumdan so‘ng belgiyalik hujumchi qadri va obro‘sini yo‘qotib, «ko‘klar» uchun ortiqcha yuk bo‘lib qoldi va endi rahbariyatdan «Inter»ga qaytishni so‘ramoqda. Uning faoliyati ancha sekinlashdi va Londonda yana maksimal darajasiga qaytishi haqiqatga yaqin emas, darhaqiqat, hujumchining yoshini hisobga olsak ham, bu qiyin masala.

Yozua Kimmix («Bavariya»; Germaniya; 27 yosh) - 85 million yevro

O‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan payti Kimmix 90 million yevroga baholangan edi, hozir uning narxi 85 million yevro. Biroq shunga qaramay ushbu narx «Bavariya»ning 2015 yilda «Shtutgart»ga sarflagan pullaridan roppa-rosa o‘n baravarga ko‘p. Kimmix Myunxenda sof nemis futboli va qadriyatlari ostida katta bo‘ldi. U Myunxenda Myullerga o‘xshab futbolni qarigunicha o‘ynaydigan inson. Bir paytlar Tomas ham katta summalarga baholangan edi, ammo u «Bavariya»ning ramzi bo‘lib qoldi, u boshqa klubga o‘tishni ham o‘ylab o‘tirmadi. Kimmixdan ham shundayin sodiqlikni kutib qolamiz.

Dushan Vlaxovich («Yuventus»; Serbiya; 22 yosh) - 85 million yevro

Uch yil oldin, 2019 yilda Vlaxovich 1,5 million yevroga baholangan bo‘lsa, 2020 yilga kelib serbning narxi 40, hozir esa - 85 million yevroga ko‘tarilgan. «Yuventus» qishda Dushanning transferi uchun «Fiorentina»ga deyarli shuncha pul to‘lagan va bonuslar tufayli ushbu miqdor hali ham oshishi mumkin. Vlaxovich - jamoa yangilanayotgan pallalarda xarid qilindi, u yangi to‘lqinning eng kuchli hujumchilaridan biri, agar Dushan rivojlanishni to‘xtatmasa, keyingi bir necha yil ichida «yuzlik yevro»ni bosib o‘tsa ajab emas.

Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted»; Portugaliya; 27 yosh) - 90 million yevro

«Manchester Yunayted» uchun dahshatli mavsumdek ko‘rinishi mumkin, o‘tgan Premyer-liga mavsumidagi 10 ta gol va ko‘plab golli uzatmalarga qaramay, bu Brunoning eng yaxshi individual ko‘rsatkichlari emas. Portugaliyalikdan ko‘proq narsa kutilmoqda va unga jahon futboli yulduzi sifatida baho berishyapti. Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz, Buno bu narxga mosmi? Agar mos bo‘lsa, uning narxi yana ko‘tariladimi?

Fil Foden («Manchester Siti»; Angliya; 22 yosh) - 90 million yevro

Yana bir yosh va o‘sib borayotgan talant! Xosep Gvardiola uchun yana bir rotasiya o‘yinchisi. Foden Sterlingga qaraganda biroz tezroq o‘ynay oladi, lekin har doim ham bahslarni asosiy tarkibdan boshlayvermaydi. Biroq, «Manchester Siti»da shunday qoidalar bor: murabbiylar shtabi qimmat tarkibni barchaga o‘z rotasiyalari orqali ko‘rsatib berishi kerak, Pepning energiya talab qiladigan qiyin yuklama va vazifalari uchun maydonga novator futbolchilar kerak. Foden yoshlik bilan tazlikni uyg‘unlashtiradi. Uning «Man Siti»dagi kelajagi porloq.

Xarri Keyn («Tottenxem», Angliya; 28 yosh) - 100 million yevro

O‘tgan yozda Xarri Keyn deyarli «Manchester Siti»ga o‘tgan edi, biroq uning sport direktori bunga rozi bo‘lmadi. Uzoq depressiya holatiga qaramay natijalarda u o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi: Keyin barchaning e’tiboridan qolib ham bir mavsumda odatdagidek 20 ta gol urdi, shunchaki qoyil qolish kerak. «Shporlar» natijada YECHLga qaytdi. To‘g‘ri, uning sherigi Son Keyndan ko‘proq gol urdi, ammo Xarri muxlislar talqiniga ko‘ra hamon «Tottenxem»ning asosiy hujum kuchi hisoblanadi.

Muhammad Saloh («Liverpul»; Misr; 29 yosh) - 100 million yevro

Salohning bir necha yil davomidagi (2018-2019) narxi Kevin De Bryuyneda bo‘lgani kabi 150 million yevro atrofida saqlanib qoldi. Ammo hozirga kelib misrlikning narxi borgan sari pasayib ketmoqda va futbol nuqtayi nazaridan o‘tgan mavsum Muhammad faoliyatida burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin edi. Saloh kuzda ajoyib o‘ynadi, lekin Afrika Millatlar Kubogidagi mag‘lubiyat va 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborganidan so‘ng, eski narxi va darajasiga qaytishi qiyin bo‘ladi.

Vinisius Junior («Real Madrid»; Braziliya; 21 yosh) - 100 million yevro

Salohda Chempionlar ligasi finalida ko‘plab imkoniyatlar bo‘lgandi, ammo Kurtua barcha zarbalarni qaytarishni uddaladi, Vinisius esa Parijda «Real Madrid»ga g‘alaba keltirish uchun o‘zining yagona imkoniyatini golga aylantirdi. Chaqqon braziliyalik futbolchi Anchelotti qo‘l ostida o‘z imkoniyatlarini ancha yaxshilab oldi va yanada samaraliroq bo‘lishni xohlamoqda. Futbolning yangi bir davriga kelib, unvonlar, sovrinlar va «Oltin to‘p» uchun kurashda u Xoland va Mbappega qarshi ajoyib jang taklif etib berishiga ishonamiz.

Erling Xoland («Manchester Siti»; Norvegiya; 21 yosh) - 150 million yevro

Xoland «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi, u o‘z otasiga jiddiy zarba berib, og‘ir jarohatlagan Roy Kinning jamoasiga qarshi azaliy derbida maydonga tushadi. Unda hozir qasos o‘ti bor. Erling - jasur yigit, Premyer-ligani tanlab xato qilmadi, u raqobat muhitida o‘ynashni xohlaydi va katta muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilmoqda. Agar u muntazam ravishda «Siti»da gol ursa va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, «Oltin to‘p»ga erishishi aniq.

Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»; Fransiya; 23 yosh) - 160 million yevro

Vinisius Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, Xoland yangi klubiga o‘tgan bo‘lsa, Mbappe yangi shartnoma bilan Parijda qolishga qaror qildi. Kilian uchun bu qaror sport sabablari va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan bog‘liqligiga o‘zini qanchalik ishontirmasin, keyingi mavsumda motivasiyani qo‘ldan boy berish xavfi katta, chunki uning hozirgi hayotida juda ko‘p pul borki, u bundan o‘zini yo‘qotib qo‘yish ehtimoli katta. Atrofdagi hamma narsa uning uchun endi qat’iy tartibda: Liga 1dagi natija bashorat qilinganidek bo‘ladi va Chempionlar ligasidan har doimgidek katta umidlar bor.

Kiritildi: 19:17, 07.06.2022.
O'qildi: 6494 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.