Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Messining barcha rekordlari yohud buyuklikning 56 isboti

Messining barcha rekordlari yohud buyuklikning 56 isboti

Baho:
+ | -

Bir necha kun avval Estoniya darvozasini besh marta ishg‘ol qilgan Lionel Messi faoliyati davomida «gol+pas» sistemasi bo‘yicha 1100 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va futbol tarixida ushbu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi. 35 yoshli Leo shu kunga qadar jahon miqyosida 56 ta rekordning muallifi. Garchi u «millionlar o‘yini» tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmasa-da, assistentlik qilish bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q.

Jahon miqyosidagi rekordlar

“Oltin to‘p” – 7 ta;
FIFA’ning ta’sis etgan MVP mukofotini eng ko‘p qo‘lga kiritgan – 7 ta;
Bir klub safida kiritilgan eng ko‘p gol («Barselona») – 672 ta;
Bitta klub uchun eng ko‘p golli uzatma («Barselona») – 268 ta;
Bir klub safida qo‘lga kiritilgan eng ko‘p sovrin («Barselona») – 35 ta;
Bir kalendar yili davomida rasmiy o‘yinlarda kiritilgan eng ko‘p gol – 91 ta;
Bir mavsumda klub safida urilgan eng ko‘p gol – 73 ta;
Ispaniya La Ligasida eng uzun golli seriya – 21 o‘yin (33 gol);
Ketma-ket 12 mavsumda 40 tadan ko‘p gol urgan yagona futbolchi;
Jahon futboli tarixidagi eng yaxshi assistent – 368 ta golli uzatma;
Bir kalendar yilida yetti xil turnirda gol urgan yagona futbolchi;
Ketma-ket ikki mavsumda «60+» gol urgan yagona futbolchi;
Yilning eng yaxshi – «FIFPro» jamoasi – 15 ta;
Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p dribling muallifi – 110 ta.

Yevropa va Janubiy Amerika miqyosidagi rekordlar

«Oltin butsa»lar soni bo‘yicha rekordchi – 6 ta;
Top 5 ligada eng tez urilgan 400 ta gol muallifi – 435 ta o‘yin;
Bir klub uchun Chempionlar Ligasidagi eng ko‘p gol («Barselona») – 120 ta;
Chempionlar Ligasi guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan futbolchi – 74 ta;
Chempionlar Ligasining 1/8 finalida gol urish bo‘yicha peshqadam – 29 ta;
Chempionlar Ligasi chorak finalining bitta o‘yinida urilgan eng ko‘p gol – 4 ta;
Chempionlar ligasida xet-triklar soni bo‘yicha peshqadam – 8 ta;
YECHLda yil ramziy terma jamoasiga eng ko‘p kiritilgan futbolchi – 7 mavsum;
Chempionlar Ligasining bitta o‘yinida eng ko‘p dribling amalga oshirgan futbolchi – 16 ta;
Amerika kubogida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi – 34 ta;
Oltita Amerika kubogida o‘ynagan yagona futbolchi;
Janubiy Amerika terma jamoalari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi – 86 ta;
Amerika kubogida eng ko‘p – 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan;
Bitta Amerika kubogida 5 ta golli pas bergan ilk o‘yinchi.

Ispaniya futbolidagi rekordlar

La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar – 474 gol;
La Liga tarixidagi eng yaxshi assistent – 192 golli uzatma;
La Liga to‘purari sovrinini eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi – 8 marta;
Ispaniya Superkubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purar – 14 gol;
La Liga bir mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchi – 50 ta;
La Ligada bir mavsumida eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan o‘yinchi – 21 ta;
La Ligada eng ko‘p xet-trik amalga oshirgan futbolchi – 36 ta;
Chet ellik futbolchining La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazishi bo‘yicha rekord – 520 ta;
La Ligada 450 ta gol urgan birinchi futbolchi;
La Ligada 150 golli uzatmaga erishgan birinchi futbolchi;
Qirol kubogi finalida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan – 10 ta;
La Ligadagi eng ko‘p g‘alaba – 383 ta;
La Ligada jarima zarbalaridan urilgan eng ko‘p gol – 39 ta.

Argentina terma jamoasi tarkibidagi rekordlar

Terma jamoa tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi – 162 ta;
Jamoa to‘purari – 86 ta gol;
Argentina tarkibida bir yil ichida urilgan eng ko‘p gol – 12 ta (Gabriel Batistuta bilan bir xil);
Janubiy Amerikaning barcha jamoalariga gol urgan yagona futbolchi;
Argentina tarixidagi eng yosh sardor – 22 yosh 363 kun;
Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi assistent – 51 golli uzatma.

«Barselona» tarkibidagi rekordlar

Klassiko tarixidagi eng yaxshi to‘purar – 27 gol;
Klassikolardagi eng ko‘p golli uzatma – 14 ta;
«El-Klassiko»da o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord – 45 ta;
Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar – 672 gol;
Yevrokuboklarda klubning eng yaxshi to‘purari – 123 gol;
Barcha musobaqalardagi eng ko‘p xet-trik – 48 ta;
«Barselona» bilan eng ko‘p g‘alaba qozongan – 542 marta;
Rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi – 778 ta;
Bir klub uchun eng ko‘p golli uzatma rekordi – 268 ta;

Qayd etish mumkin, Lionel Messi karyerasi davomida klub va terma jamoa safida Jahon chempionatidan tashqari qolgan barcha musobaqalarda zafar quchgan va, hatto, 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 18:00, 09.06.2022.
O'qildi: 3011 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.