Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Miroslav Soukup: «Biz ham barcha sirlarimizni ochganimiz yo‘q»

Miroslav Soukup: «Biz ham barcha sirlarimizni ochganimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

U23 Osiyo kubogi chorak final bahslari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup ham ishtirok etdi. Chexiyalik mutaxassis O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan fikr bildirar ekan, ertaga jamoasini murakkab uchrashuv kutayotganini ta’kidladi.

“Chorak finalga chiqqanimizdan mamnunmiz. Guruh bosqichida asosan Qarshida o‘ynadik. Toshkentga kelib, kayfiyatimiz yanada oshdi. Boisi shahar havosi toza va «yashil»ligi ancha yuqori ekan. Ertaga bizni mezbonlarga qarshi jiddiy o‘yin kutib turibdi. Mahalliy muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini ham inobatga olish kerak. Chamasi 30 ming muxlis qurshovida o‘ynashimizni taxmin qilyapman. Shunday bo‘lsa ham, ertaga yarim finalga yo‘l olib, Iroq futboliga uzoq vaqt kutilgan g‘alabani taqdim qilmoqchimiz”, – dedi murabbiy.

“Bu biz uchun juda ham muhim sinov. O‘zbekistonning qanday kuchli ekanini bilamiz. Shuningdek, murabbiyim aytganidek, bu jamoaga muxlislarning qo‘llab turishi ham katta motivasiya bermoqda. Shunga qaramay, ertaga biz g‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi jamoa o‘yinchisi Muhammad Karim.

– Guruh bosqichida siz amalga oshirgan rotasiyalar haqida arab OAVda ko‘p tanqidiy maqolalar chop etildi. Bunga qanday izoh berasiz?
– Ha, bu haqida men ham o‘qidim. Buning sababi oddiy. O‘yinga kim tayyor bo‘lsa, raqib taktikasini inobatga olgan holda o‘sha shogirdlarimni bahsga tanlayman. OAV vakillarini hurmat qilgan holda aytamanki, o‘yinga jamoani men tayyorlayman. Hamma ham restoran va boshqa joylarda o‘tirib murabbiylik qilishi mumkin. Lekin mas’uliyat menga yuklatilgan.

– O‘zbekistonning o‘yiniga qaraydigan bo‘lsak, ular guruh bosqichida ajoyib natija ko‘rsatishdi. Ayniqsa, Qatarni yirik hisobda mag‘lub etishdi. Ularning o‘yinini qanchalik o‘rganmoqdasiz?
– Albatta, mezbonlar kuchli jamoa. Ammo biz ham barcha sirlarimizni ochganimiz yo‘q. Tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning barcha o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bordik. Bizda mezbonlar o‘yini haqida yetarli ma’lumot bor. Ularning har biz chiziqlarini chuqur tahlil qilyapmiz. Raqib o‘yinchilari jismonan kuchli, 90 daqiqa birdek o‘ynay olishadi, texnikasi ham kuchli. Qatarga 6 ta gol urishgan ekan, buning o‘zi ularning kuchini anglatmoqda. Muxlislarning qo‘llashi O‘zbekiston jamoasining yana bir ustunligi va bu ularni bo‘lajak bahsda favorit maqomiga olib chiqmoqda.

– Jamoangiz tarkibida 20-21 yoshli o‘yinchilar borligini ta’kidladingiz, lekin O‘zbekiston tarkibida o‘ynaydigan barcha futbolchilar xuddi shu avlod vakillari hisoblanadi. Bunga qanday izoh berasiz?
– Men yosh haqida o‘ylamayman. O‘yinchilarning maydondagi darajasi men uchun ahamiyatliroq. Shundan kelib chiqqan holda raqib o‘yinchilariga jiddiy qaraymiz. Bizdagi men ta’kidlagan yosh avlod keyingi musobaqa uchun tajriba yig‘moqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:20, 10.06.2022.
O'qildi: 1933 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.