Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

“SHo‘rtan” stadioni projektorlari yorug‘ligi 1300 lyuksga yaqinlashdi

“SHo‘rtan” stadioni projektorlari yorug‘ligi 1300 lyuksga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

Pro liganing yana bir stadioni shom vaqtidan keyin ham o‘yinlarni qabul qilishga tayyor bo‘ldi. Bungacha “Turon” va“Buxoro” klublari projektorlar bo‘yicha talabni to‘liq bajargan bo‘lsa, endilikda G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi bosqichma-bosqich shu yo‘lda ishlayapti.

O‘zPFL komissiyasi 2021 yilning 4 mart kuni G‘uzordagi stadion projektorlari lyuksini tekshiruvdan o‘tkazgan bo‘lib, o‘sha vaqtda yoritish 400 lyuksni tashkil qilayotganini bayonlashtirgandi. Shundan kelib chiqib, 2022 yilgi mavsum uchun smeta tasdiqlanayotgan vaqtda “Sho‘rtan” futbol klubiga stadion projektorini yaxshilash bo‘yicha talab qo‘yildi.O‘tgan vaqt davomida klub rahbariyati mazkur talab ustidaishladi. Kecha — 9 iyun kuni O‘zPFL komissiyasi projektorlar lyukslari bo‘yicha navbatdagi o‘rganishni amalga oshirdi. Ma’lum bo‘ldiki, endilikda stadion yoritish tizimi 1274 lyuksni tashkil etmoqda. Mazkur raqam yanada o‘sishi va yorug‘likning yoyilishi optimallashishi uchun projektorlarning nur yetkazib beruvchi machtalari qayta sozlanishi kerak bo‘ladi. Shundan keyin O‘zPFL navbatdagi o‘rganishni amalga oshiradi.

Hozirgi holatda “Sho‘rtan” stadionidagi yoritish tizimi Coca-Cola Superliganing Olmaliq yoki Bekoboddagi stadionlaridan yaxshiroq bo‘lib turibdi (ayni vaqtda mazkur ikki shahar stadionlarida ham yoritishni 2000 lyuksga qadar ko‘tarish ustida ish ketyapti). O‘z navbatida “Sho‘rtan” ham Superligaga qaytgunicha 2000 lyuks chegarasiga qadar chiqish rejalarini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

 

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 21:08, 10.06.2022.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.