Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/10 00:45 Atalanta 2-0 Monsa
31/10 00:45 Yuventus 2-2 Parma
31/10 18:15 Paxtakor 3-1 Andijon
31/10 22:30 Jenoa 0-1 Fiorentina
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
02/11 01:00 Alaves - Malyorka
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas

“Mening ichimda giyohvand yashaydi” yoxud ovga mukkasidan ketgan Zlatan haqida siz bilmagan haqiqatlar

“Mening ichimda giyohvand yashaydi” yoxud ovga mukkasidan ketgan Zlatan haqida siz bilmagan haqiqatlar

Baho:
+ | -

40 yoshli Zlatan Ibrahimovich – titan! O‘tgan mavsumda shved futbolchisi 11 yil ichida birinchi marta "Milan"ga A Seriyada g‘alaba qozonishga yordam berdi. "Rossonerilar" o‘z tarixidagi 19-marta skudettoni qo‘lga kiritdi. Ular chempionlik uchun kurashda hamshahari "Inter"ni ikki ochkoga ortda qoldirib, oltin medallarni o‘ziki qila oldi. E’tiborli tomoni shundaki, Zlatan so‘nggi olti oy davomida jarohat bilan maydonda harakat qilgan. U kuchli og‘riqdan tunlari uxlay olmagan bo‘lsa-da, jamoasiga chempionlikda yordam berish uchun operasiyaga rozilik bermagan. U haqiqatdan ham "Milan"ga uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritishda juda katta yordam berdi.

"Oxirgi olti oy davomida men chap tizzamdagi kuchli og‘riq bilan o‘ynadim. Oxirgi olti oy davomida tizzamdagi jarohat bir soniya bo‘lsa-da, tinchlik bermadi. Oxirgi olti oy davomida men jamoa bilan bor-yo‘g‘i 10 marta mashg‘ulot o‘tkaza oldim. Oxirgi olti oy ichida 20 dan ortiq ukol oldim. Oxirgi olti oy davomida haftada bir marta tizzamdagi bog‘langan bintni yechdim. Oxirgi olti oy davomida har kuni og‘riq qoldiruvchi vositalar oldim. Oxirgi olti oy og‘riqdan deyarli uxlay olmadim.

Men maydonda ham, maydon tashqarisida ham bunchalik azob chekmaganman. Men imkonsiz narsani mumkin bo‘lgan narsaga aylantirmoqchi bo‘ldim. Mening oldimda faqat bitta maqsad bor edi – jamoadoshlarim va murabbiyimni Italiya chempioni qilish, chunki men ularga va’da berganman”, — deydi Zlatan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Mavsum tugashi bilanoq Zlatan jarohati haqida OAVga ma’lum qildi va 7-8 oyga safdan chiqqani haqida aytdi. Balki uning o‘rnida boshqa biron bir futbolchi bo‘lganida, faoliyatini yakunlash haqida o‘ylar, balki allaqachon butsalarini “mixga ilgan” bo‘lar edi. Ammo Zlatan emas. U yanada ko‘proq unvonlarni qo‘lga kiritishni istadi. Sog‘lig‘ida katta muammolar bor bo‘lsa-da, oxirigacha o‘ynashga qaror qildi. Axir qahramonlik shu emasmi?

Ammo Zlatan mag‘lublar yo‘lidan ketsa, u hech qachon Zlatan bo‘lmasdi. U operasiya qilingan kunning o‘zidayoq insayder Nikolo Skira 40 yoshli shved futbolchisi "Milan" bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Ayting-chi, Zlatan yoshlik eliksirini kashf etganmi? Unda nega u hech qachon qarimaydi?

Shunga qaramay, bir, ikki yoki uch yildan so‘ng Ibrahimovich futboldan ketadi. Bu aniq. Chunki, qanchalik istasa ham yosh bari-bir o‘z so‘zini aytishi kerak. Agar, Ibrahimovich butsalarini “mixga ilsa”, unda futbolga umuman aloqasi bo‘lmagan kasb bilan shug‘ullanishini aytdi. U faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, katta ehtimol bilan o‘zini ovga bag‘ishlashi mumkin.

2011 yilda Zlatan Janubiy Afrikaga sayohat qildi. O‘shanda u yerda shved futbolchisi uchun sher tutildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hayvon bir yildan ortiqroq vaqt qafasda saqlangan. "Milan" hujumchisi keyinroq hayvonni otib tashladi. U sherning terisidan Malmyodagi uyi uchun haykal yasattirdi.

2012 yilda Ibrahimovich o‘zi uchun butun bir orolni sotib oldi: u Davense deb ataladi, Melaren ko‘lining markazida joylashgan (Shvesiyadagi uchinchi yirik orol) va ov ishqibozlari uchun ideal yer hisoblanadi.

Zlatanning o‘zi sevimli mashg‘ulotini giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan solishtiradi: “Ov meni hayratga soladi. Men hech qachon giyohvand moddalarni iste’mol qilmagan bo‘lsam ham, ichimda giyohvand odam yashiringandek tuyuladi. Men bir ishga qiziqib qolsam, o‘sha narsaga butun borlig‘im bilan kirib ketaman. Ilgari “Xbox” o‘yinlariga shunday qiziqib qolganman: “Gears of War” deb nomlangan yangi o‘yin chiqqanini yaxshi eslayman. Keyinchalik bunga mukkasidan ketib qolganman. Shundan so‘ng, o‘zimga shaxsiy o‘yinxona qurdim va har kuni ertalab soat uch-to‘rtgacha o‘ynar edim. Keyinchalik “Xbox” o‘rniga ov qilib ko‘rsam bo‘lmaydimi, degan hayol keldi. Shu sabab ovga juda ham qiziqib qolganman”.

Yovvoyi tabiat himoyachilari va atrof-muhit faollari uzoq vaqtdan beri Ibrahimovichdan nafratlanib kelishadi. Lekin u bu narsaga chuqur qayg‘urmaydi. Ha, hayvonlarni o‘ldirish katta va og‘ir gunoh, lekin shohga hamma narsada ruxsat berish kerak emasmi?!

 

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:16, 10.06.2022.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.