Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kosta Yevropaga qaytmaydi

Kosta Yevropaga qaytmaydi

Baho:
+ | -

«Shaxtyor», Turinning «Yuventus» va «Bavariya» klublarida to‘p tepgan braziliyalik mashhur vinger Duglas Kosta RPL klublaridan kelgan taklifni rad etdi. Bu haqda Sport24 sahifalarida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi yiliga ikki million yevro maosh oladigan Rossiya chempionatining top-klublaridan birida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgan edi. Biroq bu unga ma’qul kelmadi.

Natijada, Duglas mos variantni topa olmadi va ijarada o‘ynayotgan «Los-Anjeles Gelaksi» bilan shartnoma imzoladi. Braziliyalik vinger 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Kiritildi: 21:25, 12.06.2022.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.