Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Karrager Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Karrager Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya va “Liverpul” terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda futbol eksperti Jeymi Karrager norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning “Manchester Siti”ga o‘tishi haqida gapirdi.

“Xolandning harakati Premyer-liga uchun ajoyib. Uning eng yaxshi yillari Angliyada o‘tadi. Hamma uni tomosha qilishga qiziqadi. Bunday o‘sishdan keyin boshqa klublar uchun "shaharliklar"ni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi.

Biroq, u Gvardiolaning sxemasiga qanday mos tushadi, deb hayronman. "Siti"ning o‘yin uslubi Bundesligadagidan farq qiladi. Shuning uchun men uni kuzatishga qiziqyapman", dedi Sky Sports eksperti.

Xolandning transferi "Manchester Siti"ga 75 million yevroga tushdi, uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:05, 14.06.2022.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.