Erling Xolandning «Manchester Siti»ga transferi yakunlandi. Ma’lumki, u ilgari shu klubda to‘p tepgan otasi Alfa-Inge izidan boradi. Quyida Xolandning otasi «Manchester Siti»da qanday o‘ynaganini qisqacha eslaydi.
«Manchester Siti» Erling Xolandni tanishtiruv jarayonida uning bolaligida klub formasini kiygan suratlarini namoyish etdi. Darhaqiqat, hujumchi bolaligidanoq «shaharliklar» lageriga intilganini tan oldi. Hujumchining otasi «Manchester Siti»da o‘ynagan paytlarga uncha ko‘p bo‘lmagan. Alf-Inge 2000 yilda «shaharliklar» safiga ko‘chib o‘tgan. Biroq Erling otasini bu klub libosida ko‘rmagan, chunki u 2000 yilda tug‘ilgan va 2003 yilda Alf-Inge allaqachon «Manchester Siti»ni tark etgan edi.
Alf Xoland himoyaga asoslangan yarim himoyachi sifatida o‘ynadi. Ba’zida u markazroqda va himoyaning o‘ng qanotida harakat qilgan.
Faoliyatini vatanida, «Bryune»da boshlagan. Qizig‘i shundaki, Xoland hech qachon bu klub tarkibida yuqori divizionga chiqmagan. Biroq, bu uning Angliya premyer-ligasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmadi. Buning sira ham ajablanadigan joyi yo‘q, chunki Xoland o‘shanda terma jamoada o‘ynab yurar edi. 1994 yilgi jahon chempionatida u Meksika va Italiya termalariga qarshi 90 daqiqa harakat qilgan. Skandinaviyaliklar o‘shanda pley-offga chiqa olishmagan.
1994 yilning qishida yarim himoyachi «Nottingem Forrest»ga ko‘chib o‘tdi. Asta-sekin Xoland jamoaning asosiy o‘yinchisi va yetakchilaridan biriga aylandi. 1996/1997 yilgi mavsum oxirida «o‘rmonchilar» Premyer-ligani tark etishdi, ammo norvegiyalik «Lids» lageriga ko‘chib o‘tdi hamda uch yil davomida elitada qolishga muvaffaq bo‘ldi.
«Tovuslar» endigina yuksalishni boshdan kechirayotgan edi, jamoa Angliyani hayratda qoldirdi. Biroq Xoland 1999/2000 yilgi mavsumga kelib jamoadagi o‘z o‘rnini yo‘qotdi, shuning uchun uni o‘sha yorqin jamoaning yetakchisi deb atab bo‘lmaydi. 2000 yilning yozida Xoland elitaga qaytgan «Manchester Siti» lageriga o‘tdi. «Shaharliklar» safida yarim himoyachi asosiy tarkibdan joy oldi va jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. «Shaharliklar» o‘shanda nomlar doirasidan ancha yaxshi tarkib yig‘gan edi – Andrey Kanchelskis, Jorj Vea, Paulo Vanchope, Pol Dikov, Shon Rayt-Filips endigina o‘z faoliyatini boshlagan edilar. Biroq rossiyalik yarim himoyachi o‘sha jamoada tartib-intizom bilan bog‘liq muammolar borligi, bu esa jamoaning quyi ligaga tushib ketishiga sabab bo‘lganini tan olgan.
Umuman olganda, Xolandlarning kattasi yodga olinganda uning Roy Kin bilan bog‘liq o‘sha mashhur voqeasi xayolga keladi. U aynan Roy Kin tomonidan yetkazilgan jarohat tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Bu «jang»ning tarixi ham qiziq. 1997 yilning sentyabrida norvegiyalik futbolchi hali ham «Lids»da o‘ynab yurgan paytlari «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda irlandiyalik futbolchi oyog‘ining g‘ayritabiiy tarzda egilishi oqibatida yiqilib tushdi. Xoland esa Kinni soxta harakatlarda aybladi va uni turishga undadi. Irlandiyalik futbolchini zambilda olib ketishdi, yarim himoyachining esa tuzalishiga deyarli bir yil muddat ketdi. 2001 yilning 21 aprelida Manchester derbisida Kin revansh olishga qaror qildi. 85-daqiqada u oyog‘i muallaq holatda Xalandga zarba berdi. Zarbaning kuchi shunday ediki, norvegiyalikning oyoqlari osmonga ko‘tarildi va futbolchi chalqanchasiga yiqildi. Kin qizil kartochka oldi va norvegiyalikga nimadirlar deb, maydondan chiqib ketdi.
Keyinchalik Kin o‘z tarjimayi holida bu ataylab qilingan qaror ekanligini tan oldi.
Bularning barchasi Xoland faoliyatini aynan shu tufayli yakunlagan degan fikrni yuzaga keltiradi. Biroq, unday emas. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Jo Royl o‘zining avtobiografiyasida ushbu epizodni esladi, ammo jarohat yo‘qligini aytdi. Qolaversa, Manchester derbisidan bir hafta o‘tib norvegiyalik futbolchi «Vest Xem»ga qarshi 68 daqiqa o‘ynagan va Premyer-liganing ikki o‘yini oralig‘ida Norvegiya terma jamoasi uchun ham mashg‘ulotlarda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. 2001 yilning yozida Xoland tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir necha yil o‘tgach, Xoland Kinning zarbasi jarohat olib kelishi mumkinligini tan oldi, chunki zarba garchi u boshqa oyog‘iga tekkan bo‘lsa ham, unga jiddiy muammo tug‘dirgan.
Keyingi mavsum Chempionshipda o‘ynagan Xoland atigi 3 ta o‘yin o‘tkazdi va bu jami 47 daqiqani tashkil etadi. Shundan so‘ng «Manchester Siti» norvegiyalik futbolchi bilan tibbiy sabablarga ko‘ra shartnomani bekor qilishga qaror qildi. 2011 yilda Xoland Norvegiyaning uchinchi divizionida bir nechta o‘yinlarni o‘tkazdi, ammo bu hech qanday voqea bilan eslashga arzigulik emas.