Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Leypsig" Nkunku uchun 100 million talab qilmoqda

"Leypsig" Nkunku uchun 100 million talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Independent xabariga ko‘ra, "Leypsig" hujumkor yarim himoyachi Kristofer Nkunku uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi 24 yoshli fransuz uchun narx belgilagan va uni Germaniyadagi yana bir mavsum uning rivojlanishiga yordam berishiga ishontira olgan.

Qayd etilishicha, yarim himoyachining o‘zi “Leypsig”da qolishga tayyor.

Ayni vaqtda Nkunkuga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda.

Mankunianliklar transfer borasida jiddiyroq bo‘lishga tayyor, chunki ular "Benfika" hujumchisi Darvin Nunyesning transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

Nkunku o‘tgan mavsumda "Leypsig" tarkibida 50 o‘yinda 35 gol urdi va 19 golga assistentlik qildi. Yarim himoyachining nemis klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:02, 14.06.2022.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.